🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Bank karta loyihalarini ishlab chiqish va tahlil markazi bosh menejeri

Aloqabank
Ташкент
Работа в офисе
Опубликовано: 02 Apr 2026

Asosiy vazifalar:

• Kartochka portfelini monitoring qilish va asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish:

– emissiya hajmi;

– kartalarni faollashtirish darajasi;

– portfel daromadliligi (Portfolio Yield);

– nofaol kartalar ulushi (Dormancy rate);

• Tranzaksion tahlil:

– mijozlar xatti-harakatlarini o‘rganish (MCC kodlar, tranzaksiya soni, hajmi, o‘rtacha chek, operatsiyalar chastotasi);

– mijozlar bazasini segmentatsiya qilish;

• Mahsulot iqtisodiyoti:

– Product / Unit iqtisodiyotini hisoblash;

– tariflardagi o‘zgarishlarning ta’sirini baholash;

• Hisobotlar:

– BI tizimlarda avtomatlashtirilgan dashboardlar ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash;

• Prognozlash:

– mijozlar chiqib ketishi (churn) modellarini qurish;

– tranzaksion daromad hajmini prognoz qilish;

• To‘lov tizimlari bilan ishlash:

– Visa, Mastercard, UnionPay va boshqa to‘lov tizimlari uchun hisobotlar tayyorlash;

📊 Nomzodga qo‘yiladigan professional talablar (Hard Skills):

• SQL:

– bank ma’lumotlar omborlari (DWH) bilan ishlash uchun mukammal darajada bilish;

• Sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari:

– ChatGPT, Claude, Gemini kabi LLM’lar uchun murakkab promptlar yozish;

– SQL so‘rovlar va Python skriptlarni optimallashtirish;

• Excel:

– yuqori daraja (pivot tables, murakkab formulalar, VBA / Power Query afzallik beradi);

• Kartaning hayot siklini tushunish:

– emissiyadan boshlab yopilishgacha bo‘lgan jarayonlar;

• Interchange va komissiya daromadi:

– banklararo hisob-kitob va daromad mexanizmlarini tushunish;

🤝 Shaxsiy sifatlar (Soft Skills):

• Analitik fikrlash:

– raqamlar ortidagi biznes jarayonlarni tushuna olish va anomaliyalarni aniqlash;

• Proaktivlik:

– faqat ma’lumot taqdim etish emas, balki mahsulotni yaxshilash bo‘yicha g‘oyalar berish;

• Kommunikatsiya:

– murakkab texnik xulosalarni biznes tiliga sodda va tushunarli tarzda yetkazish qobiliyati;

Shartlar:

• Ish sharoitlar:

- Qulay va shinam ofis;

- Lavozimda koʻtarilish uchun imkoniyat;

- Oʻsish va rivojlanish uchun imkoniyat;

- Ahil va professional jamoa;

- Raqobatdosh ish haqi;

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие