🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Operatsion direktor (COO)

COSMO CONSTRUCTION-KJB
Ташкент
Удаленно
Опубликовано: 06 Apr 2026
15 000 000 — 20 000 000 so'm

OPERATSION DIREKTOR (COO)

Qurilish loyihalarini tizimli boshqarish, operatsion samaradorlikni oshirish va kompaniyani yangi bosqichga olib chiqish uchun kuchli Operatsion direktor izlayabmiz.

KOMPANIYA HAQIDA

Biz 2023-yildan beri monolit temirbeton konstruksiyalar qurilishi bilan shug‘ullanamiz. Hozirda bir nechta faol qurilish obyektlari mavjud va kompaniyani tizimli kengaytirish (scale) bosqichidamiz.

Oliy maqsadimiz — "Mustahkam inshootlar qurish orqali insonlar uchun xotirjam hayot makonlarini yaratish."

BIZ TAKLIF QILAMIZ
  • Top management darajasidagi strategik lavozim
  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilish loyihalarini boshqarish vakolati
  • Operatsion tizimlarni qurish va optimallashtirishda to‘liq ishtirok
  • Raqobatbardosh maosh + KPI asosida bonus
  • Qaror qabul qilishda yuqori darajadagi mustaqillik
  • Tez o‘sayotgan kompaniyada real ta’sir (impact) qilish imkoniyati
  • Uzoq muddatli hamkorlik va rivojlanish imkoniyati
ASOSIY VAZIFALAR
  • Kompaniya strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish va amalga oshirish
  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilish obyektlarini boshqarish
  • Loyihalarni muddat, budjet va sifat KPIlari asosida yuritish
  • Operatsion jarayonlarni tizimlashtirish va standartlashtirish
  • Budjetni shakllantirish va cash flow boshqaruvini nazorat qilish
  • Xarajatlarni optimallashtirish va rentabellikni oshirish
  • KPI tizimini joriy etish va barcha bo‘limlar kesimida monitoring qilish
  • Resurslarni samarali taqsimlash (inson, texnika, moliya).
IDEAL NOMZOD
  • Qurilish sohasida 5–7 yil tajriba, shundan kamida 3 yil rahbarlik
  • Qurilish / muhandislik / moliya / biznes boshqaruvi bo‘yicha oliy ma’lumot
  • Qurilish me’yorlari va loyiha-smeta hujjatlarini mukammal bilish
  • Budjetlashtirish, cash flow va rentabellik tahlilida tajriba
  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta obyektlarni boshqarish tajribasi
  • KPI tizimlari bilan ishlash tajribasi
  • Qurilish qonunchiligi va shartnomaviy munosabatlarni bilish
SHAXSIY SIFATLAR:
  • Strategik va tizimli fikrlash
  • Kuchli liderlik va jamoani boshqarish
  • Analitik yondashuv va raqamlar bilan ishlash
  • Yuqori mas’uliyat va qaror qabul qilish qobiliyati
  • Stressga chidamlilik va moliyaviy intizom
QO'SHIMCHA USTUNLIKLAR:
  • Yirik qurilish loyihalarini muvaffaqiyatli yakunlaganlik
  • Developer yoki bosh pudratchi kompaniyada ishlaganlik
  • Investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasi
  • Tender va davlat buyurtmalari bilan ishlaganlik.
🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие