🔥
Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаIT Innovatsiyalari bo‘limi 2-toifali dasturchi (Zaxira shakllantirish)
UzAuto Motors
•
Асака
•
Работа в офисе
•
Опубликовано: 15 Apr 2026
Raqamlashtirish va IT innovatsiyalari (Software) boshqarmasi, IT Innovatsiyalari bo‘limiga 2-toifali muhandis-dasturchi lavozimiga qo‘yilgan talablar(Zaxira shakllantirish maqsadida)
Аsosiy vazifalari:
- Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash.
- Texnik topshiriqlar asosida dasturiy mahsulotlar yaratish.
- Mavjud axborot tizimlarini modernizatsiya qilish va takomillashtirish.
- Dasturiy mahsulotlarda yuzaga kelgan xatolarni aniqlash va bartaraf etish.
- Tizimlarni testdan o‘tkazish va sifatini ta’minlash.
- Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash va ularni optimallashtirish.
- Loyihalar bo‘yicha texnik hujjatlarni tayyorlash.
- Axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish.
- Yangi IT yechimlar va innovatsiyalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etish.
Таlаblаr:
- Oliy texnik yoki matematik, axborot kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega, soha bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
- Til ko‘nikmalari: Ingliz va rus tillarini bilishi;
- Dasturlash tillari (masalan: Python, Java, C#, JavaScript va boshqalar)ni bilishi;
- Ma’lumotlar bazalari (MySQL, PostgreSQL va boshqalar) bilan ishlay olishi;
- Web va mobil ilovalar ishlab chiqish asoslarini bilishi;
- Git kabi versiyalarni boshqarish tizimlarini bilishi;
- Axborot xavfsizligi tamoyillarini yushunishi;
- MS Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlarida ishlay olishi;
- Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushinishi kerak.
Mehnat sharoitlari:
- Ijtimoiy paket;
- Mehnat ta’tili;
- Maxsus uniforma;
- Issiq ovqat;
- Tibbiy ko‘rik va malaka oshirish kurslari;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
- Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
- Ish vaqti: Mexnat shartnomasi asosida;
- Ish joyi: Asaka shahar
🚀
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие