🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Savdo bo‘limi rahbari (ROP)

Oydin Electric
Ташкент
Работа в офисе
Опубликовано: 01 May 2026

Keng assortimentdagi past kuchlanishli elektrotexnika va yoritish uskunalarini yetkazib berish hamda sotish bilan shug‘ullanuvchi, jadal rivojlanayotgan kompaniyaga savdo bo’limi boshlig’i lavozimiga ishga taklif qilamiz.

Vazifalar:

  • Savdo bo‘limini to‘liq boshqarish va samarali ish tizimini yo‘lga qo‘yish
  • Savdo strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
  • Rejalar va asosiy ko‘rsatkichlar (KPI) bajarilishini nazorat qilish
  • Jamoani boshqarish: xodimlarni tanlash, o‘qitish, motivatsiya va rivojlantirish
  • Savdo bo‘limi biznes-jarayonlarini optimallashtirish
  • Moliyaviy rejalashtirish, budjet tuzish va pul oqimlarini nazorat qilishda ishtirok etish
  • Bozor va raqobatchilarni tahlil qilish, biznesni rivojlantirish bo‘yicha takliflar berish
  • Asosiy mijozlar va hamkorlar bilan ishlash

Talablar:

  • Savdo bo‘limi rahbari lavozimida kamida 5 yillik ish tajribasi
  • Katta hajmdagi biznes jarayonlarni, shu jumladan moliyaviy jarayonlarni boshqarish tajribasi
  • Savdo rejalarini bajarish va oshirish bo‘yicha tasdiqlangan natijalar
  • Kuchli boshqaruv va tahliliy ko‘nikmalar
  • Katta jamoani boshqarish tajribasi
  • Samarali jamoa va biznes jarayonlarini yo‘lga qo‘ya olish qobiliyati
  • O‘zbek tilini ona tili darajasida bilish
  • Elektrotexnika yoki o‘xshash sohada ish tajribasi ustunlik beradi
  • Yuqori darajadagi mas’uliyat, tizimli fikrlash va yetakchilik fazilatlari

Taklif:

  • Raqobatbardosh ish haqi va bonus tizimi (suhbat natijasiga ko‘ra kelishiladi)
  • Kompaniya rivojiga ta’sir ko‘rsatish va strategik qarorlar qabul qilish imkoniyati
  • Barqaror va rivojlanayotgan kompaniyada ish
  • Kompaniya hisobidan tushlik
  • Har yili 15 kunlik rasmiy ta’til
  • Do‘stona va professional jamoa

Agar siz katta jarayonlarni boshqara olsangiz, natija uchun javobgarlikni zimmaningizga ola bilsangiz va kuchli jamoa qura olsangiz — sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие