Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаJunior Video Editor
Kompaniya haqida:
Englify — bu ingliz tilini o‘rganishni zamonaviy va qiziqarli formatda taqdim etuvchi onlayn ta’lim platformasi. Biz auditoriyamiz bilan kuchli vizual kontent orqali aloqa o‘rnatishga katta e’tibor beramiz va doim yangi formatlarni sinab ko‘ramiz.
Hozirda biz marketing jamoamizni kengaytirmoqdamiz va videolar bilan ishlashga qiziqadigan, rivojlanishga tayyor junior video montajer qidirmoqdamiz. Agar siz videoni his qilsangiz, dinamik va zamonaviy roliklar yaratishni xohlasangiz va bu yo‘nalishda o‘sishni istasangiz — biz sizni jamoamizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.
Asosiy talablar:
Video montaj asoslarini bilishi (cut, transition, timing, ritm tushunchalari)
Kamida 6 oy – 1 yilgacha montaj bo‘yicha tajriba (freelance ham bo‘lishi mumkin)
Adobe Premiere Pro yoki boshqa montaj dasturlarini bilishi
Subtitr qo‘shish, oddiy animatsiyalar va effektlar bilan ishlay olish
TikTok, Instagram Reels, YouTube formatlari uchun kontent montaj qila olish
Kreativ fikrlash va trendlarni tushunish
Qo‘shimcha ustunliklar:
After Effects bilan ishlash ko‘nikmasi
Motion design asoslarini bilish
SMM yoki kontent jamoasi bilan ishlagan tajriba
Rang korreksiyasi (color grading) asoslarini bilish
Shaxsiy sifatlar:
Mas’uliyatli va deadline’ga rioya qiladigan
Tez o‘rganadigan va feedback’ni to‘g‘ri qabul qiladigan
Jamoada ishlay olish
Tafsilotlarga e’tiborli
Talab qilinadi:
Portfolio (eng kamida 3-5 ta ish)
Sinov topshirig‘ini bajarishga tayyorlik
Grafik: offline to'liq (10:00 - 19:00 ) 6/1
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие