🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Savdo bo'limi raxbari

TYRE ZONE
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 12 May 2026

“Masafa Avtoshina Distribusiyasi” kompaniyasi avtoshina va avtomobil mahsulotlari savdosi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi kompaniya hisoblanadi. Jamoamizga kuchli liderlik qobiliyatiga ega, strategik fikrlaydigan va natijaga ishlaydigan Savdo bo‘limi rahbarini taklif qilamiz.

Vazifalar:

  • Savdo bo‘limi faoliyatini to‘liq boshqarish;
  • Savdo rejalarini ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
  • Savdo jamoasini boshqarish, motivatsiya qilish va rivojlantirish;
  • Distributorlar va yirik mijozlar bilan muzokaralar olib borish;
  • Yangi savdo kanallarini rivojlantirish;
  • Savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash va tahlil qilish;
  • CRM va Excel orqali savdo jarayonlarini monitoring qilish;
  • Respublika bo‘ylab xizmat safarlarini amalga oshirish.

Talablar:

  • Savdo sohasida kamida 5 yil ish tajribasi;
  • Kamida 2 yil savdo jamoasini boshqarish tajribasi;
  • Avtoshina, avtomobil aksessuarlari yoki sanoat mahsulotlari distribusiyasi bo‘yicha bilim va tajriba (afzal);
  • 20+ xodimdan iborat jamoani boshqarish tajribasi;
  • Savdo ma’lumotlarini tahlil qilish va hisobotlar bilan ishlash qobiliyati;
  • Excel va CRM tizimlarini yaxshi bilish;
  • Murakkab muzokaralar olib borish va yirik shartnomalar tuzish tajribasi;
  • Oyiga 40–50% xizmat safarlariga tayyorlik.

Shaxsiy sifatlar:

  • Kuchli liderlik qobiliyati;
  • Strategik fikrlash;
  • Bosim ostida samarali ishlash;
  • Natijadorlikka yo‘naltirilganlik;
  • Kuchli kommunikatsiya va muzokara olib borish ko‘nikmasi.

Biz taklif qilamiz:

  • Raqobatbardosh oylik maosh + KPI bonuslar;
  • Professional va o‘sib borayotgan jamoa;
  • Karyera rivojlanish imkoniyati.
🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие