🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Operatsion direktor (o`quv markaz uchun)

НОУ SAMARQAND TILLAR MAKTABI
Самарканд
На месте работодателя
Опубликовано: 18 May 2026
8 000 000 — 12 000 000 so'm

O`quv markazni boshqarish uchun operatsion direktor qidirilmoqda.

Talablar:

1. Avval o`quv markazda ishlagan bo`lishi lozim.

2. Avvaldan operatsion direktor bo`yicha kamida 1 yillik tajribaga ega bo`lishi lozim.

3. Tizimli va tartibli ishlay olish qobiliyati.

4. Tahlil qila olish qobiliyati.

5. Bosim ostida ishlay olish qobiliyati.

Bajaradigan vazifalari va qat`iy javob beradigan nuqtalari:

Ushbu lavozim egasi «STANDARTLAR» asosida quyidagilar uchun javobgar sanaladi:

1. Moliyaviy javobgarlik:

1) har oy uchun oldindan belgilangan tushum rejasining eng kamida 96 % bajarilishi;

2) oʻtgan oydan qarzdorlardan qarzni undirish rejasining eng kamida 85 % bajarilishi;

3) umumiy tushumning eng kamida 30 % sof foyda boʻlishi.

2. Sotuv javobgarligi:

1) jami faol oʻquvchilar oʻsishi boʻyicha oldindan belgilangan rejaning 100 % bajarilishi;

2) markazni tark etayotgan oʻquvchilarning oylik 7 % dan oshmasligi;

3) yangi mijozlarning faol oʻquvchiga aylanishi darajasi oylik 70 % dan yuqori boʻlishi.

3. Oʻquv jarayoni javobgarligi:

1) oʻquv jarayonlari toʻgʻri jadval asosida muntazam davom etayotganligi;

2) mijozlar (oʻquvchilar va ota-onalar)ning qoniqish darajasi va shikoyatlari meʼyorda boʻlishi;

3) ehtiyojdan kelib chiqib yangi guruhlarning oʻz vaqtida tashkil etilayotgani.

4. Operatsion javobgarlik:

1) oʻquv markazdagi har bir operatsion jarayonning «Standartlar» boʻyicha toʻgʻri amalga oshayotganligi;

2) qoʻl ostidagi har bir xodim oʻz vazifalarini belgilangan muddatda toʻgʻri bajarayotganligi va intizomga amal qilayotganligi;

3) qoʻl ostida ishlovchi yangi xodimlarning sinovdan oʻtishi, ish oʻrganishi va moslashishi;

4) oʻquv markaz xodimlari umumiy intizom koʻrsatkichi «Standartlar» boʻyicha «4» va undan yuqori darajada boʻlishi.

5) barcha hisobotlarning oʻz vaqtida belgilangan «Standartlar» asosida topshirilishi;

6) oʻquv markazdagi barcha buyum va jihozlarni mavjudligi, sozligi va xavfsizligi.

Bu shunchaki hammag buyruq beradigan emas, markazni to`liq boshqaradigan va oldinga yetaklaydigan lavozim. Bu murakkab va og`ir lavozim. Shu sababli yuqoridagi talablarga javob bermasangiz, umuman murojaat qilmang.

Maosh boshlang`ich holatda ko`rsatilgan, keyinchalik ish sifatida qarab hozirgidan ham ancha yuqori haq to`lanadi.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие