Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаBank kartalarini rivojlantirish boshqarmasi yetakchi menejeri
Vazifalar:
· Bank kartalari bo‘yicha yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilish hamda ularning yechimlarini ishlab chiqish;
· Bank kartalari va chakana xizmatlarga oid shartnomalarni ko‘rib chiqish va ular bilan ishlash;
· SmartVista, HUMO hamda xalqaro bank kartalariga oid tizimosti modullarini mukammal bilish va ular bilan ishlash;
· Iste’molchilar uchun chakana nokredit bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish hamda taklif etish;
· Mijozlarga taklif etish uchun yangi chakana xizmat va mahsulot turlarini joriy qilish, mavjudlarini takomillashtirish va optimallashtirish;
· Chakana mahsulot va xizmatlar bo‘yicha biznes jarayonlar tezkorligi hamda samaradorligini nazorat qilish;
· Bank kartalari bilan bog‘liq xizmatlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish jarayonlarida ishtirok etish;
· Bank kartalari mahsulotlari bo‘yicha ichki me’yoriy hujjatlar va tartiblarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
· Fikrlarni yozma va og‘zaki ravishda erkin, aniq va ravon ifoda etish;
· Tizimli fikrlash, o‘zgarishlarni boshqarish hamda ma’lumotlarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
· Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan boshqa vazifalarni bajarish.
·Mobil ilova orqali karta mahsulotlarini masofaviy rasmiylashtirish jarayonlarini rivojlantirish;
· Mijozlar tajribasi (Customer Experience) va NPS ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
· Karta mahsulotlari bo‘yicha KPI ko‘rsatkichlarini monitoring qilish va hisobotlar tayyorlash;
· Hamkor tashkilotlar va protsessing markazlari bilan muzokaralar olib borish;
· Loyihalar doirasida IT, risk, komplayens va boshqa bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish.
Talablar:
· Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish;
· Chakana biznes yo‘nalishida biznes jarayonlarini optimallashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
· Zamonaviy va trenddagi raqamlashtirishga yo‘naltirilgan chakana mahsulot va xizmatlarni joriy etish bosqichlarida ishtirok etgan bo‘lish;
· Bank karta mahsulotlarini sotuv ofislaridan mobil ilovaga o‘tkazish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
· Mobil banking, internet banking yoki self-service xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
· SQL, Power BI, Excel yoki analitik platformalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
· Muzokara olib borish va taqdimot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
· Passiv operatsiyalar bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligini oshirish maqsadida biznes jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish hamda normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish qobiliyatiga ega bo‘lish;
· Bank kartalari bo‘yicha yangi mahsulotlar yaratish loyihalarida rahbar sifatida yoki loyiha ishtirokchisi sifatida qatnashgan bo‘lish;
· “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (Humo), “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (Uzcard) hamda Visa xalqaro bank kartalari bo‘yicha tariflar va xizmatlarni bilish;
· O‘zbekiston Respublikasidagi chakana bank xizmatlari yo‘nalishida ilg‘or banklarda, xususan xususiy aksiyadorlik tijorat banklarida ish tajribasiga ega bo‘lish ustunlik beradi;
· Bank tizimida kamida 5 yillik uzluksiz ish tajribasiga ega bo‘lish;
· Jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan bank xizmatlarini mukammal bilish;
· O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish; Ingliz tilini bilish ustunlik beradi.
· Jamoa bilan ishlash va xodimlarni boshqarish tajribasi ustunlik beradi;
· Fintex loyihalari yoki raqamli ekotizimlar bilan ishlagan bo‘lish ustunlik beradi.
Ish sharoiti:
- To‘liq besh ish kuni (9.00–18.00);
- Ish joyi bankning markaziy idorasida;
- Munosib ish haqi.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие