Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаLOGISTIKA MENEJERI
TEXNO GRAND KOMPANIYASIGA ISHGA TAKLIF!
LOGISTIKA MENEJERI
Ish joyi: Kirguli
Kompaniya: Texno Grand
Lavozim: Logistika menejeri
Asosiy vazifalar:
- Mahsulotlarni filiallar va omborlar o‘rtasida samarali taqsimlash;
- Yetkazib berish jarayonlarini rejalashtirish va nazorat qilish;
- Transport harakatini muvofiqlashtirish;
- Ombor va logistika ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
- Logistika xarajatlarini optimallashtirish;
- Shafyorlar va logistika xodimlari ish faoliyatini boshqarish;
- Yetkazib berish sifati va muddatlariga rioya etilishini ta’minlash;
- Hisobotlar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
✅ Logistika, ta’minot zanjiri yoki boshqaruv yo‘nalishida tajriba;
✅ Analitik fikrlash va muammolarni tezkor hal qilish qobiliyati;
✅ MS Excel va ofis dasturlarini yaxshi bilish;
✅ Jamoani boshqarish ko‘nikmasi;
✅ Mas’uliyatli, tartibli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
✅ Maishiy texnika yoki chakana savdo sohasidagi tajriba ustunlik beradi.
Biz taklif qilamiz:
⭐ Barqaror va rivojlanayotgan kompaniyada ish;
⭐ Rasmiy ishga joylashish;
⭐ Raqobatbardosh ish haqi;
⭐ Karyera o‘sishi va professional rivojlanish imkoniyati;
⭐ Ahil va professional jamoa.
Oylik suhbat asosida kelishuv orqali amalga oshiriladi!
Agar siz logistika jarayonlarini samarali boshqara olsangiz va natijaga ishlashni yoqtirsangiz, bizning jamoaga qo‘shiling!
TEXNO GRAND – muvaffaqiyat sari birgalikda!
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие