Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаHR менеджер
📢 Buraq Logistics professional jamoasiga "HR menejer" qidirmoqdamiz! (Tajriba shart emas, o‘zimiz o‘rgatamiz!)
Siz yosh, g‘ayratli va insonlar bilan tillashishni yaxshi ko‘rasizmi? HR (Inson resurslari) sohasiga qiziqasiz, lekin sizni "tajribangiz yo‘q" deb ishga olishmayaptimi?
Buraq Logistics sizga ajoyib imkoniyatni taklif etadi! Bizga tajriba emas, sizning ichki energiyangiz, odamlar bilan tez til topisha olishingiz va rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoqingiz muhim. Biz sizni noldan boshlab professional HR darajasiga olib chiqamiz va o‘z tajribamizni o‘rgatamiz.
🎯 Biz sizga nimani o‘rgatamiz?
-
Xalqaro logistika kompaniyasida HR tizimini noldan qurishni;
-
Kuchli logistlar va sotuvchilarni topish, filtrlash va tanlashni (zamonaviy AI agentlar yordamida!);
-
Xodimlarning KPI va motivatsiya tizimlarini boshqarishni;
-
Kompaniyada ichki korporativ tadbirlar, treninglar va jamoaviy muhitni tashkil qilishni.
📌 Biz uchun kimlar mos keladi (Sizda bo‘lishi kerak bo‘lgan Soft Skills):
-
Kommunikabellik: Odamlar bilan gaplashganda o‘zini erkin his qilish, fikrini aniq yetkazish va tinglay olish qobiliyati;
-
Empatiya va Psixologik sezgirlik: Insonlarning xarakteri va temperamentini his qila olish (kim sotuvchi, kim tahlilchi ekanini ajratish);
-
Mas’uliyat va Intizom: Berilgan topshiriqlarni vaqtida va aniq bajarish, tartibni sevish;
-
O‘rganishga bo‘lgan ochlik: Yangi ma’lumotlarni tez o‘zlashtirish va ularni amalda qo‘llashdan qo‘rqmaslik;
-
Moslashuvchanlik: Dinamik va tez o‘zgaruvchan logistika muhitida stressga dosh bera olish.
🛠 Texnik talablar (Minimal):
-
O‘zbek va Rus tillarida professional darajada so‘zlasha olish (shart);
-
Kompyuter, Google Sheets va asosiy dasturlardan boshlang‘ich darajada foydalana olish.
Muhim eslatma : Kompaniyamiz faqat erkak xodimlardan iborat qat’iy korporativ muhitda faoliyat yuritadi. Nomzoddan ushbu jamoaviy energetikaga tez moslashish va og‘ir for-major sharoitlarda sovuqqonlik bilan ishlash talab etiladi.
🎁 Biz nimalarni taklif qilamiz:
-
Tajribali tadbirkor va rahbarlardan bevosita (noldan) sohani o‘rganish imkoniyati;
-
Toshkent shahrining markazida joylashgan zamonaviy ofis va ahil jamoa;
-
Yaxshi bajarilgan ishlar uchun barqaror oylik maosh va bonuslar;
-
Karyeraviy o‘sish (Tez orada HR bo‘limi boshlig‘i darajasiga ko‘tarilish imkoniyati).
🚀 Siz biz qidirayotgan o‘sha kelajakdagi Top HR’misiz? Unda vaqtni yo‘qotmang! Rezyumeingizni yoki o‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumotni (Telegram: @buraq_hr_user / yoki hh.uz orqali) yuboring.
Kelajagingizni bugun Buraq Logistics bilan quring!
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие