🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Performance marketolog

ACTIMED
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 12 Jun 2026
35 000 000 — 80 000 000 so'm

Kompaniyamizga reklama byudjetini samarali boshqara oladigan, raqamlar bilan ishlaydigan va natija olib keladigan Performance marketolog ishga taklif qilinadi.

Bizga shunchaki reklama yoqadigan emas, lead, sotuv va konversiya uchun javob bera oladigan kuchli mutaxassis kerak.

Biz sizga taklif qilamiz:

  • Raqobatbardosh oylik maosh
  • Natijaga qarab bonus va o‘sish imkoniyati
  • Tushlik kompaniya hisobidan
  • Barqaror ish joyi
  • Kuchli jamoa bilan ishlash
  • O‘z g‘oyalaringizni sinab ko‘rish imkoniyati
  • Sinov muddati: 1 oy

Vazifalar:

  • Meta Ads, Google Ads va boshqa reklama kanallarida kampaniyalar yuritish
  • Reklama byudjetini to‘g‘ri taqsimlash va nazorat qilish
  • Lead, konversiya, CPL, CPA, ROAS ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
  • Reklama kampaniyalarini optimizatsiya qilish
  • Auditoriya, kreativ va offerlarni test qilish
  • Landing page, kontent va reklama materiallari bo‘yicha takliflar berish
  • Sotuv jamoasi bilan birga natijalarni tahlil qilish
  • Haftalik va oylik hisobotlar tayyorlash

Nomzodga talablar:

  • Performance marketing bo‘yicha real tajriba
  • Meta Ads va Google Ads bilan ishlash tajribasi
  • Analitika va raqamlar bilan ishlay olish
  • Google Analytics, Pixel, konversiya kuzatuvlari haqida tushuncha
  • Reklama natijalarini tahlil qilib, xulosa chiqara olish
  • Test qilish, optimizatsiya qilish va natijani oshirish ko‘nikmasi
  • Mas’uliyat, tezkorlik va natijaga yo‘naltirilganlik

Bizga qanday mutaxassis kerak?
Bizga reklama byudjetini shunchaki sarflaydigan emas, har bir kampaniyadan maksimal natija chiqaradigan, sotuvni oshirishga real hissa qo‘shadigan Performance marketolog kerak.

Agar siz reklama, analitika va natija bilan ishlashni yaxshi ko‘rsangiz, biz sizni jamoamizda kutamiz.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие