🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

QA Engineer (Manual / Automation)

YURTAL
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 15 Jun 2026

Kompaniya haqida:

Biz zamonaviy IT mahsulotlar yaratadigan va mijozlarga yuqori sifatli raqamli yechimlar taqdim etadigan jamoamiz. Mahsulotlarimiz sifatini yanada oshirish uchun tajribali QA Engineer qidirmoqdamiz.

Vazifalar:

Web va mobil ilovalarni funksional, regress va smoke testlardan o’tkazish;

Test-case, checklist va test ssenariylarini yaratish va yuritish;

Aniqlangan xatolarni bug tracking tizimiga kiritish va kuzatib borish;

Dasturchilar, biznes-analitiklar va product managerlar bilan yaqin hamkorlik qilish;

Mahsulot sifati va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash bo’yicha takliflar berish;

(Automation bo’lsa) Avtomatlashtirilgan testlarni yozish va qo’llab-quvvatlash.

Talablar:

QA sohasida kamida 1-3 yil ish tajribasi;

SDLC va STLC jarayonlarini tushunish;

Test dizayn metodologiyalarini bilish;

REST API testlash tajribasi (Postman, Swagger va boshqalar);

Bug tracking tizimlari bilan ishlash tajribasi (Jira, YouTrack va boshqalar);

SQL bo’yicha boshlang’ich yoki o’rta darajadagi bilim;

Mas’uliyatlilik, e’tiborlilik va analitik fikrlash.

Qo’shimcha ustunliklar:

Automation testing bo’yicha tajriba (Selenium, Playwright, Cypress yoki Appium);

CI/CD jarayonlari bilan ishlash tajribasi;

Performance testing vositalarini bilish (JMeter va boshqalar).

Taklif qilamiz:

Raqobatbardosh maosh;

Professional rivojlanish va o’qitish imkoniyatlari;

Qulay va do’stona ish muhiti;

Qiziqarli va yirik loyihalarda ishtirok etish;

Moslashuvchan ish grafigi;

Rasmiy ishga qabul qilish.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие