🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Руководитель проектов

YATT ABDUHAMIDOV ABDUSHUKUR VALI O‘G‘LI
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 25 Jun 2026
От 6 000 000 so'm

📢 Vakansiya: Project / SMM Manager

🏢 Kompaniya: FAYUS Construction

📍 Manzil: Toshkent

💼 Ish turi: To'liq stavka

📝 Ish haqida:

FAYUS Construction o'z ijtimoiy tarmoqlarini boshqaradigan, kontent ishini yo'lga qo'yadigan va jamoa bilan birga ishlaydigan Project / SMM Manager qidirmoqda. Vazifa — kompaniyaning Instagram, TikTok va boshqa tarmoqlardagi sahifalarini kuchaytirish, brendni qurilish va ko'chmas mulk bozorida tanitishga yordam berish.

🎯 Talablar:

— SMM, marketing, kontent yoki loyiha boshqaruvida tajriba.

— Odamlar bilan yaxshi til topisha olish va ishni tartibli olib borish.

— Instagram, TikTok va ulardagi trendlardan xabardor bo'lish.

— Kontent-reja tuzish, muddatlarga rioya qilish va bir vaqtda bir nechta ishni eplay olish.

— Mas'uliyatli, ishchan va mayda-chuydaga e'tibor beradigan.

— O'zbek va rus tillarini bilish; ingliz tili qo'shimcha plus.

— Qurilish, arxitektura yoki ko'chmas mulkka qiziqish — katta plus.

📋 Vazifalar:

— Ijtimoiy tarmoq loyihalarini rejadan e'longacha olib borish.

— Har oyga kontent-reja tuzish va uning bajarilishini kuzatish.

— Dizayner, kopirayter, videograf va target mutaxassislari bilan ishni ulash.

— Kompaniya ichidagi jamoalar bilan aloqada bo'lish.

— Reels, Stories, postlar va qurilish loyihalari uchun g'oyalar o'ylab topish.

— Muddat, sifat va ishlarning qanday borayotganini nazorat qilish.

— Kontent natijalarini ko'rib chiqib, hisobot tayyorlash.

— Yangi va tugagan loyihalar haqida sahifada gapirib borishga yordam berish.

🌟 Siz nimaga ega bo'lasiz:

— Qurilish va ko'chmas mulk sohasida tajriba.

— Yirik uy-joy va tijorat loyihalarida ishlash imkoniyati.

— SMM, raqamli marketing va loyiha boshqaruvida o'sish.

— Kuchli jamoa va kuchli brend qurish bo'yicha amaliy tajriba.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие