Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаSMM-менеджер
"Reklama Soft" — Oʻzbekiston bozorida raqamli bosma (poligrafiya) agentliklari uchun zamonaviy va tayyor yechimlarni taklif etuvchi yetakchi kompaniyalardan biri. Biz reklama uskunalari, sarf materiallari va butlovchi qismlar savdosi, shuningdek, ularga yuqori darajada kafolatli servis xizmati koʻrsatish bilan shugʻullanamiz. Multi-brend uskunalar bilan ishlashdagi koʻp yillik tajribamiz va sifatli xizmatimiz tufayli sohada oʻz nufuzimizga egamiz. Biz doim rivojlanishdamiz va jamoamizni kuchli mutaxassislar bilan kengaytirmoqchimiz!
Majburiyatlari (Обязанности):
-
Strategiya va tahlil: Kompaniyaning SMM strategiyasini ishlab chiqish va bozordagi trendlarni tahlil qilib borish.
-
Kontent-boshqaruv: Ijtimoiy tarmoqlarda (Instagram, Telegram, Facebook) kontentni rejalashtirish, yaratish va oʻz vaqtida eʼlon qilish.
-
Mobilografiya va syomka: Shou-rumda, omborda va mijozlarga uskunalar oʻrnatilish (ustanovka) jarayonlarida professional foto/video syomkalarni tashkil etish va oʻtkazish.
-
Ssenariy va reja: Videolar (Reels, Shorts) uchun mustaqil ravishda kontent-plan va qiziqarli ssenariylar yozish.
-
Grafik dizayn: Postlar, muqovalar (oblojkalar) va vizual materiallarning grafik dizaynini tayyorlash.
-
Targeting: Maqsadli reklama (targeting) sozlamalarini sozlash, ishga tushirish va uning samaradorligini kuzatish.
Nomzodga qoʻyiladigan talablar (Требования):
-
Ish tajribasi: SMM va kontent-meyking sohasida tajribaga egalik.
-
Koʻnikmalar (Soft skills): Kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va yakuniy natija uchun masʼuliyat hissi.
-
Rivojlanish: Kompaniya bilan birga oʻsish va yangi sohani (b2b reklama uskunalarini) oʻrganishga boʻlgan kuchli xohish.
-
Ish formati: Mahsulot va uskunalarni ichkaridan chuqur oʻrganish uchun muntazam ravishda ofisga kelib ishlashga tayyorlik (kuniga bir necha soat).
-
Dasturlar bilan ishlash: CapCut (video montaj uchun), (CorelDRAW yoki Photoshop ni bilish katta plyus) dasturlarini yaxshi bilish.
Bizning takliflarimiz va sharoitlar (Условия):
-
Daromad oʻsishi: Natijalarga va kompaniya rivojiga qoʻshgan hissangizga qarab ish haqining muntazam oʻsib borishi.
-
Bepul taomlar: Kompaniya hisobidan shinam ofisimizda bepul tushlik hamda kechki ovqat
-
Texnik taʼminot: Sifatli va professional kontent yaratishingiz uchun barcha zaruriy syomka uskunalari va jihozlar bilan taʼminlashimiz mumkin.
-
Sayohatlar va xizmat safarlari: Oʻzbekiston boʻylab mijozlarimizga uskunalar oʻrnatilish jarayonlarini tasvirga olish uchun barcha xarajatlari qoplanadigan qiziqarli xizmat safarlari.
-
Moslashuvchan grafik: Ish samaradorligiga asoslangan qulay va moslashuvchan ish vaqti (ofis + masofaviy formatni kelishish imkoniyati).
-
Muhit va jamoa: Har doim qoʻllab-quvvatlashga tayyor, ahil va zamonaviy jamoa, hamda b2b savdo va reklama uskunalari sohasida katta amaliy tajriba.
Marketingda o'sishimizga qarab kelajakda qo'shimcha jamoa azolarini ishga olishimiz va sotuvdan KPI ishlash takliflarimiz bor!
REKLAMA SOFT Instagramimizni tahlil qilib, natija qilishga ko'zingiz yetsa aloqaga chiqing, iltimos!
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие