Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаSotuv bo'limlari rahbari
Vakansiya: Sotuv Bo‘limi Rahbari
Kompaniya: Mavr School
Maosh: 15 000 000 – 35 000 000 so‘m
Ish joyi: Andijon shahri
Biz kimni izlayapmiz?
Mavr School jamoasiga strategik fikrlovchi, jamoani boshqarishda tajribali va natijalarga yo‘naltirilgan Sotuv Bo‘limi Rahbari kerak. Sizda kuchli liderlik qobiliyati va sotuvdagi real natijalar bor bo‘lsa — bu imkoniyat aynan siz uchun!
Vazifalar:
• Sotuv bo‘limi xodimlarini ishga olish, ularni o‘qitish va rivojlantirish
• Xodimlar faoliyatini muntazam nazorat qilish va baholash
• KPI tizimini yaratish, qo‘llash va monitoring qilish
• Korxona tomonidan belgilangan sotuv rejasiga erishish uchun strategiya ishlab chiqish
• Sotuv strategiyasini amaliyotda amalga oshirish
• Lidlar (mijozlar) oqimini doimiy ta’minlash va nazorat qilish
• Sotuv jarayonida yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilish va samarali yechimlar taklif qilish
Talablar:
• Sotuv yoki jamoa boshqaruvi sohasida kamida 3 yillik tajriba
• Yaxshi tashkilotchilik va liderlik qobiliyati
• Uddaburonlik va tashabbuskorlik
• Muammolarni hal qilishda tezkor va aniq qarorlar qabul qilish qobiliyati
• Stressga bardoshlilik va bosim ostida ishlash ko‘nikmalari
Biz sizga taklif qilamiz:
• Barqaror o‘sish va o‘zini rivojlantirish uchun imkoniyat
• KPI asosida yuqori daromad (15 mln dan 35 mln so‘mgacha)
• Kuchli va professional jamoa bilan ishlash muhiti
• O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish va yetakchilik qilish imkoniyati
Qanday ariza topshirish mumkin?
Rezyumeni quyidagi manzilga yuboring: Telegramdan @Mavr_HR
Avval Sotuv rahbari bo'lib ishlagan bo'lsangizgina murojaat qilishingizni so'raymiz.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие