🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Video Operator

Abba Marketing
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 08 Jul 2026
7 000 000 — 10 000 000 so'm

Abba Marketing — 2019-yildan buyon faoliyat yuritib, 1500 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan marketing agentligi. Biz SMM, web-saytlar, marketing strategiyalari va reklama kampaniyalari ustida ishlaymiz. Mercedes-Benz, Li auto, Geely, AKFA, Essi, Chococream, Velona, Rasulov Eshiklari kabi yirik brendlar bizning mijozlarimiz qatoriga kiradi.

Jamoamizga Video Operator mutaxassis qidirmoqdamiz. Ushbu lavozimda siz trend bo‘layotgan kontentlar yaratish va ularni montaj qilish bilan shug‘ullanasiz.

Vazifalar:

  • Agentlik mijozlari uchun professional video kontent suratga olish (xizmatlar, mahsulotlar, shaxsiy brendlar va bizneslar);
  • Reels, Stories va boshqa vertikal formatdagi kontentlarni suratga olish;
  • Kreativ jamoa bilan birgalikda kontent g'oyalari va konsepsiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Suratga olish jarayonida kadr sifati, yorug'lik va kompozitsiyaga e'tibor qaratish;
  • Belgilangan muddatlarda sifatli materiallarni topshirish.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

  • Video Operator sifatida kamida 1 yillik ish tajribasi;
  • Professional kamera va DJI Ronin stabilizatori bilan ishlash ko'nikmasi;
  • Kompozitsiya, rakurs va yoritish asoslarini yaxshi bilish;
  • Instagram, TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi kontent trendlarini tushunish;
  • Kreativ fikrlash va zamonaviy vizual yechimlar taklif qila olish;
  • Mas'uliyatli, punktual va jamoa bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'lish;
  • Bir vaqtning o'zida bir nechta loyihalarni samarali olib bora olish.

Qo'shimcha ustunliklar:

  • Adobe Premiere Pro, DaVinci Resolve yoki After Effects haqida boshlang'ich bilimga ega bo'lish;
  • Drone bilan suratga olish tajribasi;
  • Portfolio yoki ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan ishlar mavjudligi.

Biz taklif qilamiz:

  • To'liq bandlik, ofisda ishlash;
  • Ish vaqti: 10:00 – 19:00 (6/1);
  • Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan ish haqi;
  • Tushlik kompaniya hisobidan;
  • Turli sohalardagi yirik va qiziqarli loyihalarda ishlash imkoniyati;
  • Zamonaviy texnikalar bilan ishlash;
  • Kasbiy rivojlanish va martaba o'sishi uchun qulay muhit;
  • Yosh, kreativ va kuchli jamoada ishlash imkoniyati.

Agar siz sifatli video kontent yaratishni yaxshi ko'rsangiz, kreativ g'oyalarni vizual ko'rinishga aylantira olsangiz va zamonaviy kontent ishlab chiqarishda rivojlanishni istasangiz, jamoamizga qo'shiling!

Tg: (@HRM_ABBA)

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие