🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi HR xizmati yetakchi mutaxassis

АКБ «Банк развития бизнеса»
Нурафшон
На месте работодателя
Опубликовано: 10 Jul 2026

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy ma’lumot (HR, huquq, iqtisodiyot, boshqaruv yoki turdosh yo‘nalishlarda);
  • Kadrlar bilan ishlash yoki HR sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va mehnatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni mukammal bilish hamda amaliyotda qo‘llay olish;
  • Kadrlar hujjatlarini yuritish, mehnat shartnomalari, buyruqlar va boshqa kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish;
  • HR hujjat aylanishi va elektron hujjat tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • “hrm.gov.uz” hamda “my.mehnat.uz” elektron platformalarida to‘liq ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • HRM tizimida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • Analitik fikrlash, hujjatlar bilan ishlash va mas’uliyatli yondashuvga ega bo‘lish;
  • O‘zbek va rus tillarini erkin bilish;
  • Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint) bilan yaxshi ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

HR menejerining asosiy vazifalari:

  • Hududiy boshqarma hamda unga qarashli bank xizmatlari ofislari/markazlarida xodimlar bilan ishlash jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • Xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish, lavozimga tayinlash hamda mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Mehnat shartnomalari, buyruqlar, ta’tillar, xizmat safarlari, intizomiy va rag‘batlantirishga oid kadrlar hujjatlarini tayyorlash va hisobini yuritish;
  • Xodimlarning shaxsiy yig‘ma jildlarini shakllantirish, yuritish va belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlash;
  • Mehnat munosabatlariga oid ma’lumotlarni HRM tizimi, “hrm.gov.uz”, “my.mehnat.uz” hamda boshqa elektron platformalarga o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritib borish;
  • Shtatlar jadvali, lavozimlar, xodimlar soni va kadrlar harakati bo‘yicha ma’lumotlarni yuritish;
  • Bo‘sh ish o‘rinlarini tahlil qilish, vakant lavozimlarni butlash bo‘yicha tanlov jarayonlarini tashkil etishga ko‘maklashish;
  • Nomzodlarni qidirish, saralash va ishga qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish;
  • Yangi ishga qabul qilingan xodimlarni ichki mehnat tartibi, jamoa shartnomasi, odob-axloq qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi ichki hujjatlar bilan tanishtirishni tashkil etish;
  • Xodimlarning mehnat intizomi, davomat, ta’til grafigi va xizmat safarlariga oid jarayonlarni nazorat qilish;
  • Xodimlarga oid ma’lumotnomalar, tavsiyanomalar hamda tegishli yozishmalarni belgilangan muddatlarda tayyorlash;
  • Davlat organlari va tashkilotlariga xodimlar bo‘yicha zarur hisobot va ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etish;
  • Xodimlar qo‘nimsizligini tahlil qilish, ishdan bo‘shash sabablarini o‘rganish va rahbariyatga tegishli ma’lumotlar kiritish;
  • Xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish va rivojlantirish jarayonlarini tashkil etishga ko‘maklashish;
  • Bankning ichki me’yoriy hujjatlari, mehnat qonunchiligi hamda xizmat vazifalariga rioya etilishini ta’minlash.


Ish sharoitlari:

-Mamlakatning nufuzli bankida oʻsish;

-Munosib ish haqi;

-Yuqori malakali jamoada ishlash.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие