Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаChimboy 2-toifali BXM Operatsion bo‘lim universal kassiri (dekret o'rni)
Vazifalar:
Bankda kassa ishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
Kassa tarmog‘idagi axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishni bilish;
Hisobdorligidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar uchun moddiy javobgar bo‘lish;
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini bilish;
Naqd pullarni professional darajada sanash, saralash, o‘rab bog‘lash va toifalarga ajratilishini bilish;
Kassa ishlari bo‘yicha milliy va xorijiy valyutadagi operatsiyalarni bank dasturida to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilishini ta’minlash;
Jismoniy shaxslarning naqd chet el valyutasini sotish yoki sotib olish hamda bir martalik to‘lov operatsiyalari jarayonini bilish va maxsus dasturda ishlash;
Bank mijozi bo‘lgan yuridik shaxslarga kassa xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
Markaziy bankning esdalik tangalari va quyma oltinlarini sotish va qaytarib sotib olish operatsiyalarini bilish;
Mijozlarga kassa ishlari bo‘yicha bank xizmati ko‘rsatishga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
Kassa amaliyot kunini to‘liq yakunlash va ish kuni oxiriga qadar kassa kunlik balansini tuzish.
Talablar:
Oliy yoki o‘rta-maxsus iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish;
Bank moliya sohasi qonunchilik hujjatlarini, jumladan kassa ishlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni bilish;
O‘zbek tilini mukammal suhbat va yozish qobiliyatlari. Rus-ingliz tilini bilish ustunlik beriladi.
Microsoft Office, Excel va boshqa dasturlardan foydalanish.
Bank tizimlaridan va ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari.
Shartlar:
Jamoada ishlash va jamoaga moslashish;
Tig‘iz va murakkab vaziyatlarda ishlay olish;
Tizimli va tanqidiy fikrlash;
Fikrlarni yozma va og‘zaki ravishda erkin va to‘g‘ri ifoda etish.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие