🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Менеджер по продажам

IT MARKETING CENTER
Фергана
На месте работодателя
Опубликовано: 17 Jul 2026
3 000 000 — 6 000 000 so'm

Sotuv menejeri (B2B)

Kompaniya haqida

Marketing Markazi — bizneslarni avtomatlashtirish, CRM tizimlarini (amoCRM, Bitrix24) joriy etish, IP telefoniya, chatbotlar va boshqa IT yechimlarni taqdim etuvchi kompaniya.

Jamoamiz kengaymoqda va biz B2B yo'nalishida ishlash tajribasiga ega, mijozlar bilan muzokara olib borishni yaxshi ko'radigan Sotuv menejerini ishga taklif qilamiz.

Vazifalar

  • Potensial mijozlar bilan aloqa o'rnatish;
  • Kiruvchi va chiquvchi murojaatlar bilan ishlash;
  • Mijozlarga kompaniya xizmatlari bo'yicha professional konsultatsiya berish;
  • Tijorat takliflarini tayyorlash va taqdim etish;
  • CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish;
  • Muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish;
  • Sotuv rejasini bajarish va KPI ko'rsatkichlariga erishish;
  • Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish.

Talablar

-​​​​​​​Sotuv sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;

  • B2B sotuv yo'nalishida ishlagan bo'lishi ustunlik beradi;
  • O'zbek tilida ravon nutq (rus tilini bilish ustunlik hisoblanadi);
  • Muzokara olib borish va ishontirish ko'nikmasi;
  • CRM tizimlarida ishlash tajribasi (amoCRM, Bitrix24 ustunlik beradi);
  • Kompyuter savodxonligi;
  • Mas'uliyatli, intizomli va natijaga yo'naltirilgan bo'lishi;
  • O'rganishga tayyor va rivojlanishga intiluvchi.

Biz taklif qilamiz

  • Barqaror oylik maosh (suhbat asosida);
  • KPI asosida bonus tizimi;
  • Kompaniya hisobidan o'qitish va mentorlik;
  • Bepul tushlik;
  • Zamonaviy ofis va qulay ish muhiti;
  • Kasbiy va martaba o'sishi uchun imkoniyat;
  • Ahil va professional jamoada ishlash.

Ish sharoitlari

📍 Manzil: Farg'ona shahri, Olimpiya zahiralari kolleji

🕘 Ish vaqti: 08:00 – 18:00

📅 Ish grafigi: 6/1

💼 Bandlik turi: To'liq ish kuni

Qo'shimcha ma'lumot

Agar siz sotuvni yaxshi ko'rsangiz, mijozlar bilan ishlashdan zavqlansangiz va IT hamda biznesni avtomatlashtirish sohasida rivojlanishni istasangiz, sizni jamoamizda ko'rishdan mamnun bo'lamiz.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие