🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Coffee Shop Manager

YATT ODILOV MUXAMMADALI SHUXRATBEK O‘G‘LI
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 20 Jul 2026

Kofexona menejeri / Operatsion menejer kerak

Kompaniya haqida: Biz universitet hududlarida joylashgan ikkita zamonaviy kofexonani

boshqaramiz va yangi filiallar bilan boshqa hududlarga kengayishni rejalashtirayotgan

ambitsiyali kompaniyamiz. Bizning strategiyamiz — xizmat sifatini doimiy oshirish va biznesni

yangi joylarga kengaytirish. Shu sabab, jamoamizga har ikkala filialni bir vaqtning o’zida

boshqara oladigan, mustaqil va mas’uliyatli menejer/operatsion menejer qidirmoqdamiz —

bizga ushbu o’sish strategiyasini amalga oshirishda yordam beradigan, ishonchli hamkor

sifatida ish yurita oladigan inson kerak. Biz o’z tomonimizdan biznesni muvaffaqiyatli yuritish

uchun zarur bo’lgan barcha resurslar — jihoz, xom ashyo, tizimlar va qo’llab-quvvatlashni

ta’minlaymiz. Sizga esa — boshqarish, natija ko’rsatish va biz bilan birga o’sish qoladi.

Asosiy vazifalar:

Ikkala kofexonaning kundalik faoliyatini bir vaqtning o’zida nazorat qilish, monitoring

qilish va boshqarish

Baristalar jamoasini boshqarish: ish jadvali, motivatsiya, sifat nazorati

Xom ashyo va materiallarni mustaqil buyurtma qilish, ombor zaxiralarini kuzatib borish

Kichik reklama-marketing ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish (aksiyalar, ijtimoiy

tarmoq targ’iboti, mijozlarni jalb qilish)

Yangi xodimlarni suhbatga chaqirish, ishga qabul qilish va o’qitish

Kunlik kassa aylanmasi va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash hamda yuqoriga taqdim etish

Poster CRM/POS tizimida ishlash (buyurtmalar, hisobotlar, ombor nazorati)

Excel dasturida hisobot va jadvallar tuzish

Nomzodga talablar:

Jamoa boshqaruvida kamida 1-2 yillik tajriba (barista yoki umumiy xodimlar rahbariyati)Bir vaqtning o’zida ikkita filialni muvofiqlashtira olish qobiliyati

Mustaqil qaror qabul qilish, yuqori mas’uliyat va halollik (naqd pul bilan ishlash)

Poster CRM va Excel dasturlarida ishonchli ishlash

Moliyaviy hisobot yuritish tajribasi (afzallik)

Marketing va ijtimoiy tarmoqlar bo’yicha asosiy bilim (afzallik)

Oziq-ovqat xavfsizligi va gigiena qoidalarini bilish

Kofe tayyorlash standartlari va sifat nazorati bo’yicha tajriba

Yuqori kommunikabellik, liderlik va muammolarni tez hal qilish qobiliyati

O’zbek va rus tillarini bilish shart, ingliz tili — katta afzallik

Haydovchilik guvohnomasi (afzallik, ikki filial orasida harakatlanish uchun)

Biz taklif etamiz:

Bozor darajasida raqobatbardosh ish haqi — suhbat davomida muhokama qilinadi

Biznesni yuritish uchun zarur barcha jihoz, xom ashyo va tizimlarni to’liq ta’minlash

Mustaqil boshqaruv va professional o’sish imkoniyati

Kompaniya kengayishi bilan birga o’sish va yangi filiallarni boshqarish imkoniyati

Qulay ish jadvali va do’stona jamoa muhiti

Natijaga asoslangan bonus imkoniyati kelishilgan holda

Qanday murojaat qilish kerak: Rezyumeni yuboring yoki bog’lanish uchun telefon raqamini qoldiring.

Telegram

Ishga qabul qilingan nomzodlar bilan

tez orada bog’lanamiz.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие