🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

O'quv kurslari marketingi bo'yicha bosh mutaxassis

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 20 Jul 2026

Milliy statistika qo'mitasi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti jamoasi kreativ fikrlaydigan, tashabbuskor va zamonaviy marketing vositalarini mukammal biladigan nomzodni O'quv kurslari marketingi bo'yicha bosh mutaxassis lavozimiga taklif etadi.

Lavozim majburiyatlari:

  • o'quv kurslarini targ'ib qilish bo'yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish;
  • yangi tinglovchilarni jalb etish bo'yicha reklama kampaniyalarini tashkil etish;
  • SMM, target reklama, SEO va rasmiy veb-sayt faoliyatini yuritish;
  • CRM tizimlari orqali talabgorlar bazasi bilan ishlash;
  • reklama kampaniyalari samaradorligini tahlil qilish;
  • marketing hisobotlari, taqdimotlar va takliflar tayyorlash;
  • bir vaqtning o'zida bir nechta loyihalarni samarali boshqarish;
  • KPI ko'rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash.

Malakaviy talablar:

  • marketing, iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, pedagogika yoki PR yo'nalishida oliy ma'lumot;
  • marketing yoki ta'lim sohasida kamida 3–5 yillik ish tajribasi;
  • Digital Marketing, SMM, SEO va CRM bo'yicha amaliy tajriba;
  • MS Office dasturlarini mukammal bilish;
  • davlat tilini mukammal bilish;
  • rus va ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi;
  • Google Ads yoki Meta Blueprint sertifikatlari mavjudligi afzallik beradi.

Afzalliklar:

  • Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
  • kreativ va professional jamoada ishlash;
  • zamonaviy marketing vositalari bilan ishlash imkoniyati;
  • kasbiy rivojlanish va malaka oshirish;
  • barqaror ish haqi;
  • 5/2 ish jadvali;
  • xalqaro o'quv dasturlarida qatnashish imkoniyati.
🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие