🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

CYBER SECURITY — Kiberxavfsizlik o'qituvchisi

TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 23 Jul 2026

**Обязанности:**

— Kiberxavfsizlik yo'nalishi bo'yicha maktab o'quvchilariga amaliy darslar olib borish

— O'quv dasturi (syllabus), dars rejalari va laboratoriya topshiriqlarini ishlab chiqish

— Amaliy mashg'ulotlar, virtual laboratoriyalar va mini-CTF musobaqalarini tashkil etish

— O'quvchilarning yakuniy loyihalari ustida mentorlik qilish va portfolio shakllantirish

— O'quv materiallari tayyorlash: taqdimotlar, topshiriqlar, testlar

— O'quvchilar bilimini muntazam baholash, rahbariyat va ota-onalarga hisobot berish

— O'quvchilarni IT-olimpiada va tanlovlarga tayyorlash, ochiq darslarda ishtirok etish

— Dastur mazmunini soha yangiliklariga qarab yangilab borish

**Требования:**

— Axborot xavfsizligi yoki tizim administratorligi sohasida kamida 2 yillik amaliy tajriba

— Tarmoq asoslarini puxta bilish: TCP/IP, DNS, HTTP/S, VPN, tarmoq protokollari

— Linux (shu jumladan Kali Linux) va buyruqlar qatori bilan ishonchli ishlash

— Kriptografiya asoslari, autentifikatsiya mexanizmlari, OSINT metodikasi

— Amaliy vositalar bilan ishlash: Wireshark, Nmap, Burp Suite, Metasploit

— Ijtimoiy muhandislik va fishing hujumlari mexanizmini tushunish

— Murakkab texnik mavzuni sodda va qiziqarli tilda yetkaza olish

— O'zbek va/yoki rus tilida erkin muloqot, texnik ingliz tilini o'qiy olish

— O'smirlar bilan ishlash ko'nikmasi, mas'uliyat va sabr-toqat

**Ustunlik beriladi:** CEH, CompTIA Security+ yoki OSCP sertifikati; CTF musobaqalarida ishtirok tajribasi; HackTheBox / TryHackMe profili; dars berish yoki mentorlik tajribasi.

**Условия:**

— Rasmiy ish joyi, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida to'liq rasmiylashtirish

— Ish grafigi: 5/2, dushanbadan jumagacha, 09:00 dan 18:00 gacha; shanba va yakshanba — dam olish kunlari

— Ish haqi: 8.000.000-15.000.000— tajriba va suhbat natijasiga qarab kelishiladi

— Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Nurmakon 1-ko'chasi

— Zamonaviy jihozlangan IT-sinf, texnika va litsenziyali dasturlar bilan ta'minlash

— Tayyor dastur strukturasi va metodik yordam — hamma narsani noldan qurish shart emas

— Malaka oshirish kurslari va professional rivojlanish imkoniyati

— Xodimlar farzandlari uchun ta'lim bo'yicha imtiyozlar

— Yosh, do'stona va rivojlanayotgan jamoa

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие