🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Менеджер по продажам

IT MARKETING CENTER
Фергана
На месте работодателя
Опубликовано: 28 Jul 2026
4 000 000 — 7 000 000 so'm

Call Center Sotuv Menejeri

Kompaniya haqida:

Biz mijozlarga sifatli mahsulot va yuqori darajadagi xizmat ko'rsatishni o'z oldiga maqsad qilgan zamonaviy kompaniyamiz. Jamoamizni kengaytirish munosabati bilan Call Center Sotuv Menejeri lavozimiga faol, mas'uliyatli va natijaga yo'naltirilgan nomzodlarni ishga taklif qilamiz.

Vazifalar

  • Kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlar bilan ishlash;
  • Mijozlarga mahsulotlar bo'yicha professional konsultatsiya berish;
  • Mijoz ehtiyojini aniqlash va mos mahsulotni tavsiya etish;
  • Sotuv jarayonini boshqarish va muvaffaqiyatli yakunlash;
  • CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish;
  • Belgilangan KPI va sotuv rejasini bajarish;
  • Haftalik va oylik hisobotlarni taqdim etish.

Talablar

  • Call Center yoki sotuv sohasida kamida 6 oylik ish tajribasi;
  • O'zbek tilida ravon muloqot qila olish;
  • Telefon orqali muzokara olib borish va sotuvni yakunlash ko'nikmasi;
  • Kompyuter savodxonligi (Excel, Telegram, Google Docs);
  • CRM tizimlarida ishlash tajribasi (amoCRM ustunlik beradi);
  • Mas'uliyatli, intizomli va natijaga yo'naltirilgan.

Biz taklif qilamiz

  • Fiks oylik maosh: 4 000 000 so'm;
  • KPI asosida bonuslar;
  • Avans — har 15 kunda;
  • Korxona hisobidan tushlik;
  • Zamonaviy va qulay ish muhiti;
  • Ish uchun zarur texnik jihozlar bilan ta'minlash;
  • Kompaniya hisobidan o'qitish va moslashuv dasturi;
  • Kasbiy va martaba o'sishi imkoniyati.

Ish sharoitlari

  • Ish grafigi: 6/1
  • Ish vaqti:
    3 ta smenada:
    07:00 – 17:00
    08:00- 18:00
    09:00- 19:00
  • Manzil: Farg'ona viloyati, Quva yumani, Tolmozor chorraha
  • Bandlik turi: To'liq ish kuni
  • Sinov muddati: 1 oy

Biz kimni qidirmoqdamiz?

Biz uchun eng muhimi — sotuvni yaxshi ko'radigan, mijozlar bilan muloqot qilishni yoqtiradigan va natijaga ishlashga tayyor mutaxassis. Agar siz mas'uliyatli, tashabbuskor va professional jamoada rivojlanishni istasangiz, sizni Flourenza jamoasida ko'rishdan mamnun bo'lamiz.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие