🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Менеджер по продажам/Sotuvchi, Ippodrom

YATT XAMRAYEV SHERZOD IZATULLA O`G`LI
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 29 Jul 2026
3 900 000 — 10 000 000 so'm
Ish haqi: 3 900 000 dan 15 000 000 so‘mgacha (qo‘lga tegishi)

Bandlik turi: To‘liq bandlik, to‘liq ish kuni

Qo'qon bozor 5-8-1

Biz — ulgurji va chakana savdo sarpo toy mahsulotlari sohasida faol rivojlanayotgan kompaniyamiz. Savdo nuqtamiz odamlar gavjum bo‘lgan bozorda joylashgan bo‘lib, xaridorlar oqimi juda yuqori.

Biz o‘z ishining ustasi bo‘lishni xohlaydigan, odamlar bilan tez til topishadigan va savdoni oxiriga yetkazadigan chaqqon, g‘ayratli va mas’uliyatli xodimlarni jamoamizga taklif qilamiz.

Muloqot va chaqqonlik: Odamlar bilan muomala qilishni yaxshi ko‘radigan, xaridor tilini topa oladigan va har qanday vaziyatda yechim topadigan nutq sohibi bo‘lish;

Ish tajribasi: Savdo sohasida (bozorda, do‘konlarda yoki mijozlar bilan ishlashda) tajribaga ega bo‘lish katta ustunlik (plyus) bo‘ladi. Agar tajribangiz bo‘lmasa, lekin sotishga qobiliyatingiz bo‘lsa — ko‘rib chiqishga tayyormiz;

Ishga mas’uliyat: Bozordagi tezkor ish ritmiga va kunning erta boshlanishiga tayyor bo‘lish;

Intizom va halollik: Ishda to‘g‘ri, halol va tartibli bo‘lish;

Shart-sharoitlar (Biz nima taklif qilamiz):

Oyiga: 3.900.000 /150.000 kuniga

Obed va yo'lkira ishxonadan

Kunbay yoki oylik

Ish grafigi: 06:30 dan 19:30

Rahbariyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa, oyliklarni vaqtida va halol berilishi.

Nomzodlar uchun muhim:

Agar siz ushbu e’lonni diqqat bilan o‘qib chiqqan bo‘lsangiz va savdoda eng zo‘ri ekanligingizni isbotlashga tayyor bo‘lsangiz, bizga qo'ng'iroq qiling

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие