🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Grafik & Web Dizayner

4Prep
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 30 Jul 2026
$500 — 800

4Prep marketing jamoasiga tajribali Grafik va Web Dizayner qidirmoqdamiz.

Agar siz kreativ fikrlaydigan, zamonaviy dizayn yechimlarini yarata oladigan va marketing jamoasi bilan birgalikda kuchli vizual kontent ishlab chiqishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.

Talablar:

- Kamida 2 yillik Grafik va Web Dizayner sifatidagi ish tajribasi.
- Figma'ni professional darajada bilish.
- Adobe Photoshop va Illustrator bilan erkin ishlay olish.
- Landing page va web sahifalar dizaynini mustaqil yaratish tajribasi.
- Instagram uchun karusel, cover, banner va boshqa marketing materiallarini tayyorlay olish.
- Tipografiya, kompozitsiya, grid tizimi, ranglar nazariyasi va vizual ierarxiyani yaxshi bilish.
- Brend identikasi va vizual uslubini chuqur tushunish hamda barcha dizaynlarda yagona standartni saqlay olish.
-AI vositalari (ChatGPT, Firefly, Midjourney, Nano Banana va boshqalar) bilan samarali ishlay olish.
- Vazifalarni belgilangan deadline asosida o'z vaqtida va sifatli yakunlash.
- Kuchli estetik did, tafsilotlarga e'tibor va yuqori vizual saviyaga ega bo'lish.
- Marketing, dizayn va ijtimoiy tarmoqlardagi trendlarni muntazam kuzatib borish.
- Jamoaning kreativ rivojlanishiga hissa qo'sha olish, yangi g'oyalar taklif qilish va ularni amaliyotga tatbiq etishda faol ishtirok etish.
- Mas'uliyatli, tashabbuskor va jamoa bilan samarali ishlay olish.

Qo'shimcha ustunlik:
- Motion Design va oddiy animatsiyalar yaratish tajribasi.
- UI/UX prinsiplari bo'yicha bilim.
- Ta'lim (Education) yoki Marketing sohasidagi loyihalarda ishlagan bo'lish.

📌 Muhim: Portfolio yuborish majburiy!
Nomzodning dizayn sifati, kreativ fikrlashi, vizual didi va muammolarga kreativ yechim topish qobiliyati portfolio orqali baholanadi.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие