🔥
Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаBuxoro viloyati, Buxoro tumani uchun mahalla bankiri menejeri
АКБ Агробанк
•
Бухара
•
На месте работодателя
•
Опубликовано: 31 Jul 2026
Vazifalari:
- Mahallaning tadbirkorlik salohiyatini hokim yordamchisi bilan birgalikda o‘rganish, istiqbolli loyihalarni aniqlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish;
- Aholi va tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlari, kredit olish va qaytarish, biznesni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish bo‘yicha maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish;
- “Yordamchi-agentlar” orqali mahallalarda istiqbolli loyiha va biznes g‘oyalarini aniqlash, aholini bank xizmatlariga jalb qilish;
- Biznes g‘oyalarni loyihaga aylantirish, biznes-rejalarni ishlab chiqishda ishtirok etish va ularni moliyalashtirish jarayonlarini tashkil etish;
- Moliyalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida (biznesni yo‘lga qo‘yish, mahsulot realizatsiyasi, eksport, kredit qaytarilishi va boshqalar) tashabbuskorlarni hamrohlik qilish va qo‘llab-quvvatlash;
- Mahalladagi ayollar va yoshlarning startap g‘oyalarini moliyalashtirish hamda ularni barqaror biznesga aylantirishga ko‘maklashish;
- Aholi tomorqalari va ijara yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha “lider tadbirkorlar” bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va moliyalashtirishga ko‘maklashish;
- “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs → yakka tartibdagi tadbirkor → kichik biznes → o‘rta biznes → yirik biznes” zanjiri bo‘yicha moliyaviy xizmatlarni taklif etish va tadbirkorlik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
- “Sayxunobod tajribasi” doirasida mikroloyihalarni shakllantirish, ularni amalga oshirish hamda daromadini oshirish istagidagi xonadonlarga loyiha paketlarini yetkazishda ishtirok etish;
- “Qamashi tajribasi” doirasida kambag‘al oilalarni o‘rganish va ularni reyestrdan chiqarish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Maqsadli ko‘rsatkichlar va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni «mahalla.bank-kredit.uz» platformasining «Mahalla bankiri» tizimiga kiritib borish;
- Bank filiali rahbari bilan birgalikda “Uychi tajribasi” asosida o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash;
- Norasmiy band aholi o‘rtasida o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.
- Iqtisodiyot, moliya yoki bank ishi yo‘nalishida oliy ma’lumot;
- Bank yoki moliya sohasida 2 yil va undan ortiq ish tajribasi;
- Halol, ishonchli, muloqotga kirishuvchan, xushmuomila, ma’suliyatli va moslanuvchan;
- Moliyaviy va huquqiy savodxon, bank mahsulotlari va davlat dasturlarini mukammal bilishi;
- MS Excel, MS Word dasturlarida ishlay olish qobiliyati.
- Malakali mutaxassislar jamoasida kasbiy rivojlanish imkoniyati.
- Besh kunlik ish haftasi (09:00–18:00).
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishga qabul qilish.
- Munosib ish haqi.
🚀
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие