Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаElektron tijorat, raqamli kanallar va loyihalar boshqarmasi bosh menejeri (Project manager)
Vazifalar:
Bankning chakana (B2C) va yuridik shaxslar (B2B) uchun mobil ilovalar va raqamli platformalari bo‘yicha biznes talablarni yig‘ish, tahlil qilish va hujjatlashtirish;
Stakeholderlar (biznes bo‘limlar, IT, marketing, risk va boshqalar) bilan yaqindan ishlash;
BRD, FRD, User Stories, Use Case hujjatlarini tayyorlash;
Yangi raqamli loyihalarni ishga tushirish va mavjudlarini optimallashtirish;
Mobil banking, internet banking va boshqa raqamli kanallarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Yangi funksionallarni joriy qilishda biznes va texnik jamoalar o‘rtasida “ko‘prik” vazifasini bajarish;
MVP (Minimum Viable Product) yondashuvi asosida mahsulotlarni tezkor ishga tushirish;
Mavjud biznes jarayonlarni (AS-IS) tahlil qilish va takomillashtirilgan (TO-BE) modellarni ishlab chiqish;
Avtomatlashtirish va raqamlashtirish imkoniyatlarini aniqlash hamda takliflar kiritish;
API integratsiyalar, tashqi tizimlar (to‘lov tizimlari, fintech xizmatlar) bilan ishlash, IT jamoa bilan texnik topshiriqlarni aniqlashtirish va backlogni boshqarish, UAT (User Acceptance Testing) jarayonlarida ishtirok etish.
Talablar:
Axborot texnoligiyalari/iqtisodiyot/matematika yo'nalishlarida oliy ma’lumot;
Bank, moliya va sohaga oid yo'nalishlarida 6 yillik ish tajribasi;
Bank, fintech yoki e-commerce platformalarida ish tajribasi;
Raqamli mahsulotlar va IT loyihalarini boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba (Agile, Scrum, Waterfall)
API, integratsiyalar, mikroservislar va raqamli arxitektura asoslarini tushunish
Loyihalarni rejalashtirish, byudjetlash va resurslarni boshqarish tajribasi
Analitik fikrlash va muammolarni tizimli hal qilish qobiliyati
Jamoani boshqarish, motivatsiya qilish va rivojlantirish tajribasi.
Ish sharoiti:
To’liq ish kuni 5/2 (9.00–18.00);
Ish joyi bankning markaziy idorasida.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие