🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Bosh mutaxassis. Tashqi savdo shartnomalarini monitoring qilish va konvertatsiya boʼlimi

InFinBank
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 05 Aug 2026
Asosiy vazifalar:
  • Valyuta operatsiyalari va konversiya: Xoʻjalik yurituvchi subyektlar (korporativ mijozlar) uchun chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalarini amalga oshirish.
  • Maqsadli nazorat: Sotib olingan chet el valyutasi mablagʻlarining maqsadli va qonuniy ishlatilishini qatʼiy nazorat qilish.
  • SWIFT oʻtkazmalari: IS-SMART tizimi hamda bankning boshqa ixtisoslashtirilgan modullari orqali kiruvchi va chiquvchi valyuta oʻtkazmalarini (SWIFT) tezkor va xatosiz bajarish.
  • Davlat tizimlari bilan ishlash: Tashqi savdo shartnomalari boʻyicha barcha zarur maʼlumotlarni TSOYEAT (EISVO) yagona elektron axborot tizimiga oʻz vaqtida hamda qonunchilik talablariga muvofiq toʻgʻri kiritish.
Talablar:
  • Maʼlumoti va tajriba: Iqtisodiyot, moliya yoki bank ishi yoʻnalishida oliy maʼlumot (Bakalavr/Magistr) hamda bank/moliya tizimida valyuta operatsiyalari bilan ishlash boʻyicha kamida 3 yillik samarali ish tajribasi.
  • Tillarni bilishi: Rus va ingliz tillarini erkin bilish (xorijiy hamkorlar, shartnomalar va SWIFT hujjatlari bilan ishlash uchun majburiy).
  • Texnik savodxonlik: Kompyuterdan yuqori darajada foydalana olish (MS Office: Word, Excel mukammal darajada) hamda bankning ichki dasturlari va yangi IT-yechimlarni qisqa muddatda tez oʻzlashtirish qobiliyati.
  • Tahliliy koʻnikmalar: Ish jarayonini toʻgʻri rejalashtirish, murakkab vaziyatlarda tez va mustaqil qaror qabul qila olish, muammoli vaziyatlarni hal etishda noodatiy (kreativ) yondashuvlarni taklif qilish.
  • Shaxsiy fazilatlar: Yuqori darajadagi masʼuliyatlilik, ijrochanlik, stressga chidamlilik hamda korporativ va kasbiy odob-ahloq (etika) normalariga qatʼiy rioya qilish.
Imkoniyatlar:
  • Raqobatbardosh va barqaror ish haqi (suhbat natijalariga koʻra nomzodning malakasidan kelib chiqib individual belgilanadi).
  • Oʻzbekistonning barqaror va raqamlashtirilgan banklaridan birida korporativ biznes yoʻnalishi boʻyicha yirik loyihalarda tajriba orttirish va karyera oʻsishi imkoniyati.
  • Shahar markazida joylashgan zamonaviy ofis hamda yuqori malakali mutaxassislardan iborat ahil jamoa.
🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие