Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаRavon 2-toifali BXM Markaz boshlig‘i - Biznes menejer
Vazifalar:
- Bank xizmatlari markaziga rahbarlik qilish;
- Bank mijozlariga kompleks bank mahsulotlarini sotish va xizmatlarini ko‘rsatishni samarali tashkil etish;
- Bank xizmatlari markazi uchun belgilangan biznes rejadagi ko‘rsatkichlarni bajarish;
- Mijozlarni jalb qilish uchun muzokaralar olib borish, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
- Bankda joriy qilinayotgan yangi bank texnologiyalari, xizmat ko‘rsatish standartlari, mijozlar va bank ichki jarayonlari bilan ishlashdagi o‘zgarishlarni joriy qilishda faol ishtirok etish va amalga oshirish;
- Bank xizmatlari markazida amalga oshirilayotgan amaliyotlar va ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining qonuniy va bank ichki me’yoriy hujjatlari asosida bo‘lishini nazorat qilish;
- Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.
Talablar:
- Oliy iqtisodiy ma’lumot;
- Bank tizimida kamida 6 yildan kam bo‘lmagan tajriba, bankning asosiy biznes yo‘nalishlari, jumladan kichik va o‘rta biznes yoki chakana biznes sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan faoliyatga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi qonunchiligini yaxshi bilishi;
- Bank ichki me’yoriy hujjatlarini bilishi va amaliyotda samarali qo‘llay olishi, davlat boshqaruvi va boshqa idoralar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Bankning aktiv amaliyotlari, bank aktiv va passivlarini boshqarish amaliyotlarini bilishi va ularni samarali boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- Bank mahsulotlarini sotish, mijoz jalb qilish yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish;
- Buxgalteriya hisobi va uning asosiy tamoyillarini bilishi;
- MS Office (Word, Excel, Power Point), Internet Explorer va boshqa elektron dasturlarda foydalanuvchi darajasida ishlay olishi;
- Jamoada ishlash va jamoani boshqarish;
Biz sizga nima taklif qilamiz?
- Mamlakatning nufuzli bankida o‘sish;
- Munosib ish haqi;
- Yuqori malakali jamoada ishlash.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие