🔥
Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаKontent-muharrir / Copywriter
TA`LIM PORTALI
•
Ташкент
•
На месте работодателя
•
Опубликовано: 10 Aug 2026
3 000 000 — 10 000 000 so'm
Mentalaba.uz — O‘zbekistondagi universitetlar, ta’lim imkoniyatlari, grantlar va abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlarni bir platformada jamlovchi zamonaviy EdTech platforma.
Jamoamizga ta’lim sohasidagi yangiliklarni izlab topadigan, tahlil qiladigan va Mentalaba uslubida qiziqarli kontentga aylantira oladigan Kontent-muharrir / Copywriter izlayapmiz.
Vazifalar:
- Ta’lim, universitetlar, grantlar va qabul jarayonlariga oid yangiliklarni izlash va Mentalaba uslubida qayta yozish;
- Sayt, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga muntazam kontent joylashtirish;
- Platformadagi universitetlar va boshqa ma’lumotlarni doimiy yangilab borish;
- Ta’limga oid ochiq tadbirlar, forum va konferensiyalarda ishtirok etish;
- Tadbirda bo‘layotgan muhim yangiliklarni foto, video va matn ko‘rinishida Mentalaba uslubida yoritish;
- Dolzarb ta’lim yangiliklari va trendlarni muntazam kuzatib borish.
Talablar:
- O‘zbek tilida savodli va ravon yozish;
- Copywriting yoki jurnalistika bo‘yicha tajriba;
- Yangiliklarni tez topish, tekshirish va qayta ishlash qobiliyati;
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun qiziqarli kontent yaratishni bilish;
- Mustaqil ishlash va deadline'larga rioya qilish;
- Ta’lim sohasi va O‘zbekiston ta’lim tizimiga qiziqish;
- Tadbirlar va uchrashuvlarda faol ishtirok eta olish.
- Ingliz va rus tilini bilish ustunlik beradi
Biz taklif qilamiz:
- Rivojlanayotgan EdTech loyihada ishlash;
- Kreativ jamoa va professional o‘sish imkoniyati;
- Maosh — suhbat natijasiga ko‘ra.
🚀
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие