🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Savdo menejeri (B2B)

JELEZOBETONNOE STROY PROIZVODSTVO
Коканд
На месте работодателя
Опубликовано: 13 Aug 2026

Kompaniya haqida:
STONMAX – qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi jadal rivojlanayotgan kompaniya. Hozirda biz tijorat strategiyamizni yangilaymiz va yangi kuchli savdo boʻlimini shakllantirmoqdamiz. Biz tizimli savdoni yoʻlga qoʻyadigan va kompaniya bilan birga oʻsishga tayyor professionallarni izlayapmiz

Vazifalar:

  • Yangi mijozlarni faol izlash va jalb qilish (B2B);

  • Toʻliq siklli muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish;

  • Mavjud mijozlar bazasini yuritish va rivojlantirish;

  • Tijorat takliflarini tayyorlash va birlamchi hujjatlar bilan ishlash;

  • CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish;

  • Shaxsiy savdo rejasini bajarish va boʻlim strategiyasini shakllantirishda ishtirok etish.

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror ish haqi (belgilangan oylik maosh + KPI + oylik bonuslar);

  • Mentorlik: moslashuv davrida tajribali Sales-ekspert tomonidan doimiy qoʻllab-quvvatlash va yoʻl-yoʻriq;

  • Karyera oʻsishi: biz yangi boʻlimni quryapmiz, shuning uchun siz rahbarlik lavozimigacha koʻtarilish imkoniyatiga egasiz;

  • Dinamik muhit: shunchaki koʻrsatmalarga ergashmasdan, kompaniyaning biznes-jarayonlariga taʼsir koʻrsatish imkoniyati.

Ish sharoitlari:

  • Ish grafigi: 6/1, soat 09:00 dan 18:00 gacha (ofisga 08:30 gacha kirish);

  • Manzil: Qoʻqon shahri, Baqa Chorsu;

  • Ish haqi: belgilangan maosh + KPI + bonuslar (suhbatda kelishiladi).

Talablar:

  • Savdo sohasida kamida 3 yillik tajriba (qurilish materiallari sohasi afzal, lekin boshqa yoʻnalishlar ham koʻrib chiqiladi);

  • B2B muzokaralari va eʼtirozlarni bartaraf etish koʻnikmalari;

  • Kompyuter va CRM tizimlari bilan ishlay olish;

  • Natijaga yoʻnaltirilganlik va professional rivojlanish istagi.

Asosiy koʻnikmalar:
Faol savdo, B2B, ishbilarmonlik muloqoti, CRM, eʼtirozlar bilan ishlash, shartnomalar tuzish.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие