🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Менеджер по продажам в Call-center

KHAD`YA NUR
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 15 Aug 2026
5 000 000 — 15 000 000 so'm

Sotuv bo‘yicha menejer kerak!

KHADYA NUR kompaniyasi o‘zining savdo jamoasiga faol, muloqotga kirishuvchan va natijaga intiluvchan Sotuv bo‘yicha menejerlarni taklif qiladi.

Agar mijozlar bilan ishlashni yoqtirsangiz, yaxshi daromad olish va professional rivojlanishni istasangiz — sizni jamoamizda kutamiz!

Vazifalar:

  • Mijozlar bilan telefon orqali muzokaralar olib borish;
  • Kompaniya mahsulotlari — biologik faol qo‘shimchalar (BAQ) haqida mijozlarga ma’lumot berish;
  • Buyurtmalarni rasmiylashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini kuzatib borish;
  • Televizor, radio va target reklama orqali keladigan issiq mijozlar (lidlar) bilan ishlash;
  • Belgilangan savdo rejasini bajarish;
  • Savdoni oshirish bo‘yicha yangi strategiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Sotuv sohasida rivojlanishga bo‘lgan istak;
  • Mijozlar bilan samarali muloqot qila olish;
  • Ishontirish va muzokara olib borish qobiliyati;
  • Faol va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
  • Yuqori tempda ishlashga tayyorlik;
  • Ish tajribasi talab qilinmaydi — biz sizni o‘rgatamiz!

Biz taklif qilamiz:

  • Zamonaviy va qulay ofis;
  • Ish vaqti: 09:00–21:00;
  • Rasmiy ishga joylashish;
  • To‘liq bandlik;
  • Asosiy ish haqi (haftalik 1-3 mln atrofida) + KPI tizimi asosida bonuslar;
  • Qo‘shimcha bonuslar: $50 dan $1000 gacha;
  • Kunlik va oylik qo‘shimcha bonuslar;
  • Qimmatbaho sovrinlar va maishiy texnika uchun qo‘shimcha mukofotlar;
  • 3 oy davomida eng yuqori savdo natijasini ko‘rsatgan xodim uchun Umra safariga 2 ta yo‘llanma;
  • Bepul tushlik;
  • Karyera va professional rivojlanish imkoniyati;
  • Do‘stona va qulay ish muhiti.

Kompaniya haqida

KHADYA NUR — biologik faol qo‘shimchalarni chakana sotish sohasida faoliyat yurituvchi rivojlanayotgan kompaniya.

Biz xodimlarimizni qadrlaymiz, ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaymiz va yuqori natijalar uchun munosib rag‘batlantirish tizimini taklif qilamiz.

Yaxshi daromad, qo‘shimcha bonuslar va karyera imkoniyatlarini istasangiz — KHADYA NUR jamoasiga qo‘shiling!

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие