Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаОперационный менеджер
Forward Advertise — 2011-yildan buyon faoliyat yurituvchi Jizzaxdagi yetakchi tashqi reklama kompaniyasidir. Bugun biz barcha reklama xizmatlarini o’z ichiga olgan, zamonaviy reklama-ishlab chiqarish markazini rivojlantirmoqdamiz.
Bu yo‘lda jamoamizga intiluvchan, zamonaviy fikrlovchi Sotuv menejeri qidirmoqdamiz. Biz «yana bitta menejer» emas, balki, kompaniya bilan birga o’sadigan — va uni boshqaradiganlardan biriga aylanadigan insonni qidiryapmiz.
━━━━━━━━━━━━━━
Bu — siz, agar:
O’z fikringizga ega bo’lsangiz va yangilikni tez ilib olsangiz.
O’zingiz o’rgansangiz, turtkisiz — shunchaki qiziq bo’lgani uchun.
So’zingizda tursangiz va ishni oxiriga yetkazsangiz.
«Kun o’tkazish»ni emas, qurish va o’sishni istasangiz.
💼 SIZ NIMA BILAN SHUG‘ULLANASIZ?
• Yangi mijozlarni faol izlaysiz va ular bilan aloqa o‘rnatasiz
• Reklama xizmatlarimizni mijozlarga taqdim etasiz
• Mijozlar bazasini yuritasiz va nazorat qilasiz
• Shartnomalar va ularning uzaytirilishini nazorat qilasiz
👤 SIZDAN KUTILADI
✅ O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot
✅ Faollik va tashabbuskorlik
✅ Mas’uliyat va diqqat-e’tibor
✅ Telegram, Excel/PowerPoint (CRM – afzallik) bilan ishlash ko‘nikmasi
Tajriba – plyus, ammo fe’l-atvor va salohiyat undan muhimroq.
💰 DAROMAD VA O‘SISH
Belgilangan maosh + natijaga qarab bonuslar.
Yangi mijozlar va sotuvlar ko‘paygani sari daromadingiz ham oshadi.
📈 6 va 12 oydan so‘ng — ish natijalariga qarab daromadni qayta ko‘rib chiqish.
🚀 Kelajakda — Sotuv bo‘limi rahbari lavozimigacha o‘sish imkoniyati.
Agar, kompaniya bilan birga o‘sishga, natija yaratishga va sotuvda o‘zingizni ko‘rsatishga tayyor bo‘lsangiz — sizni jamoamizda kutamiz.
Murojaat qilganda quyidagi savollarga javob yozing (bu muhim):
- Nega bu ish sizni qiziqtiradi?
- So‘nggi paytda o‘zingiz mustaqil ravishda nimani o‘rgandingiz?
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие