Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаTargetolog (Meta Ads / Telegram Ads)
TARGETOLOG QIDIRAMIZ (shtat, to‘liq stavka)
Loyiha haqida
O‘zbekistondagi eng yirik onlayn ta’lim loyihalaridan biri. Maktab o‘qituvchilarini attestatsiya va Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlaymiz. 5 ta mahsulot liniyasi, yiliga 13 ta sotuv darchasi, 30 kishilik jamoa. Ekspert — Dilafro‘z Fayzullayevna.
Bu odatiy «bitta zapusk» loyihasi emas. Reklama yil davomida to‘xtamaydi — bir vaqtning o‘zida bir necha darcha ochiq bo‘ladi.
Vazifalar
- Meta Ads (Instagram/Facebook) — asosiy kanal. Kampaniyalarni to‘liq boshqarish.
- Telegram Ads’ni ochish va ishga tushirish.
- 5 ta mahsulot liniyasi bo‘yicha alohida kampaniya arxitekturasini qurish va yuritish.
- End-to-end analitika: UTM standarti, Pixel + Conversions API, Telegram bot bilan integratsiya. Lid qayerdan kelib, qayerda sotuvga aylanganini kuzatish.
- Har mahsulot bo‘yicha CPL / CAC / ROMI hisobotini yuritish (hafta va oy kesimida).
- Kreativ gipotezalarini yozish va TZ shaklida kontent-jamoaga topshirish. Montaj va dizayn sizdan talab qilinmaydi — g‘oya, matn, offer sizdan.
- Lending va bot voronkasi konversiyasini o‘lchash, A/B testlar o‘tkazish.
- Sotuv bo‘limi bilan teskari aloqa: lid sifatini baholash va shunga qarab kampaniyani sozlash.
Talablar
- Trafik bilan kamida 2 yil amaliy tajriba, shundan 1 yili infobiznes yoki onlayn ta’lim yo‘nalishida.
- Meta Ads Manager’ni chuqur bilish: optimizatsiya maqsadlari, auditoriya kesishuvi, creative fatigue bilan ishlash.
- Pixel va Conversions API’ni mustaqil sozlay olish.
- CPL bilan emas, CAC va ROMI bilan o‘ylash. Suhbatda buni so‘raymiz.
- O‘zbek tilidagi auditoriya bilan ishlagan bo‘lish. O‘qituvchilar segmenti — katta ustunlik.
- Raqamli hisobot yuritish odati. «Yaxshi ketyapti» degan javob bizda qabul qilinmaydi.
Ustunlik bo‘ladi
- Telegram Ads tajribasi
- Ta’lim yoki edu-tech loyihalarida ishlagani
- Katta byudjetlar bilan ishlagani (oyiga $3 000 va undan yuqori)
Shartlar
- Maosh: 5 000 000 – 8 000 000 so‘m + KPI bo‘yicha bonus. Aniq summa suhbatda, tajribaga qarab.
- Sinov davri: 2 oy.
- Ish vaqti: dushanba–juma, 10:00–19:00.
- Format: onlayn ham, oflayn ham — farqi yo‘q. O‘zingizga qulay variantni tanlaysiz.
Muhim shart
Reklama Business Manager’i, reklama kabinetlari, Pixel va barcha auditoriya bazalari loyihaga tegishli bo‘ladi. Siz partner access orqali ishlaysiz. O‘z shaxsiy kabinetidan ishlash varianti ko‘rib chiqilmaydi.
Nima taklif qilamiz
- Tayyor va ishlaydigan mahsulot — sotuv voronkasi qurilgan, sotuv bo‘limi ishlaydi
- Doimiy va bashorat qilinadigan reklama byudjeti (13 ta darcha — trafik to‘xtamaydi)
- Gipoteza testlash uchun alohida byudjet
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri prodyuser bilan ishlash, oraliq boshliqlarsiz
Qanday murojaat qilish kerak
Quyidagi savollarga javob yozib yuboring
- Oxirgi 3 ta loyihangiz: nima sotilgan, qancha byudjet, qanday CPL va CAC.
- Eng yomon natija bergan kampaniyangiz haqida yozing: nima noto‘g‘ri ketdi va nima qildingiz.
- Ads Manager screenshot’lari (summalarni yopishingiz mumkin, metrikalar ko‘rinib tursin).
- Hozir nechta loyihada ishlayapsiz.
Faqat «portfolio yuboraman» deb yozganlarga javob bermaymiz. Yuqoridagi 4 ta savolga javob bo‘lmasa — ariza ko‘rib chiqilmaydi.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие