Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаMoliyachi — Navoiy
Filialning kunlik moliyaviy operatsiyalarini yuritish va nazorat qilish
Oylik, choraklik va yillik byudjetni tuzish hamda uning ijrosini kuzatib borish
Ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha to'lovlarni nazorat qilish, qarzdorlik bilan ishlash
Xarajatlarni tahlil qilish va tejash bo'yicha takliflar tayyorlash
Xodimlar ish haqi hisob-kitobida ishtirok etish
Bosh hisobchi va bosh ofis moliya bo'limi uchun hisobotlar tayyorlash
Bank va soliq hujjatlari bilan ishlash, 1C tizimida ma'lumotlarni yuritish
Filial rahbariyatini moliyaviy holat bo'yicha muntazam xabardor qilib borish
Talablar
Iqtisodiyot, moliya yoki buxgalteriya hisobi yo'nalishida oliy ma'lumot
Moliya yoki buxgalteriya sohasida kamida 1–2 yillik ish tajribasi
Excel dasturlarini yaxshi bilish
Raqamlar bilan ishlashda aniqlik va mas'uliyat
O'zbek tilini mukammal bilish, rus tili — afzallik
Biz taklif etamiz
Barqaror oylik ish haqi — 5 000 000 so'm
Rasmiy ishga joylashtirish, mehnat daftarchasi rasmiylashtiriladi
Karyera o'sishi: filial moliyachisidan bosh hisobchi hamda tarmoqning bosh ofisidagi moliya bo'limi lavozimlarigacha o'sish imkoniyati mavjud. Biz avvalo o'z xodimlarimiz orasidan lavozimga ko'taramiz
Hisob va moliya sohasida malaka oshirish kurslari hisobimizdan
Yosh, ochiq va qo'llab-quvvatlovchi jamoa
Xodimlar farzandlari uchun o'qish to'loviga imtiyoz
Muhim! Rezyume yuborish tartibi
Biz e'tiborli va batafsil o'qiydigan mutaxassislarni qadrlaymiz. Shuning uchun rezyumeingizga yo'ldosh xat (soprovoditelnoe pismo) qo'shing va uning eng boshiga BALANS-2026 kalit so'zini yozing.
Kalit so'zsiz kelgan arizalar ko'rib chiqilmaydi — bu bizning birinchi sinovimiz.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие