🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

SMM-менеджер

Jetso Capital
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 20 Aug 2026
6 000 000 — 8 000 000 so'm

🚀 JETSO jamoasiga SMM MUTAXASSISI qidiramiz!

Agar siz shunchaki post joylashtiribgina qolmay, brendni rivojlantirish, auditoriya yig‘ish va real mijoz olib kelishni bilsangiz — sizni jamoamizda kutamiz!

🎯 Vazifalar:

  • JETSO korxonasining ijtimoiy tarmoqlarini yuritish;
  • Instagram, Telegram va boshqa platformalar uchun kontent strategiya ishlab chiqish;
  • Kreativ post, Reels, Stories va video kontent g‘oyalarini yaratish;
  • Kontent-plan tuzish va uning ijrosini nazorat qilish;
  • Copywriting va vizual kontent uchun texnik topshiriqlar tayyorlash;
  • SMM reklama kampaniyalarini tashkil qilish va natijalarini tahlil qilish;
  • Auditoriya faolligi va sahifa ko‘rsatkichlarini monitoring qilish;
  • Trendlarni kuzatish va ularni brendga moslashtirish;
  • Marketing va dizayn jamoasi bilan hamkorlik qilish.

💡 Biz sizdan kutamiz:

  • SMM sohasida amaliy tajriba;
  • Instagram/Telegram algoritmlari va kontent formatlarini tushunish;
  • Kreativ fikrlash;
  • Kuchli copywriting ko‘nikmasi;
  • Canva, Figma yoki boshqa dizayn vositalari bilan ishlash;
  • Reels/video kontent bilan ishlashni bilish;
  • SMM statistikasi va analitikani tushunish;
  • Mas'uliyat va deadline'ga rioya qilish;
  • Eng muhimi — natijaga yo‘naltirilganlik.

⭐ Sizga ustunlik beradi:

  • B2B yoki professional xizmatlar sohasida tajriba;
  • FinTech, Finance, Accounting yoki IT sohasiga qiziqish;
  • Shaxsiy portfolio;
  • AI vositalaridan foydalana olish;
  • Target reklama bilan ishlash tajribasi.

💰 Biz taklif qilamiz:

  • Rivojlanayotgan va zamonaviy JETSO jamoasi;
  • AI Boshqaruv kabi innovatsion loyihalar bilan ishlash;
  • Professional va doimiy rivojlanish muhiti;
  • KPI asosidagi bonus tizimi;
  • Karyera o‘sishi imkoniyati;
  • O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish imkoniyati.

📍 Ish joyi: Toshkent shahar Chilonzor tumani Qorirabot ko'chasi OrionPlaza biznez markazi
🕐 Ish grafigi: 6/1
💼 Format: Ofis

📩 Aloqa uchun: CV + portfolio yuboring:

JETSO — moliya, texnologiya va innovatsiyalarni birlashtiruvchi jamoa.

🔥 Agar sizning kontentingiz shunchaki “layk” emas, natija olib kelsa — biz sizni kutyapmiz!

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие