🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Savdo bo'lim boshlig'i/Руководитель отдела Продаж

JELEZOBETONNOE STROY PROIZVODSTVO
Коканд
На месте работодателя
Опубликовано: 20 Aug 2026

Savdo bo‘limi rahbari (ROP)

STONMAX — qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kompaniya.

Hozir kompaniyada savdo tizimi professional ekspertlar ishtirokida yangidan shakllantirilmoqda. Savdo jamoasi kengaytirilmoqda, jarayonlar tizimlashtirilmoqda va yangi boshqaruv modeli joriy qilinmoqda.

Shu sababli bizga tayyor tizimni shunchaki boshqaradigan emas, balki kuchli savdo bo‘limini shakllantirish va uning natijasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor Savdo bo‘limi rahbari kerak.

Sizning vazifalaringiz:

  • savdo jamoasini boshqarish va rivojlantirish;

  • savdo rejalarini belgilash va ularning bajarilishini ta’minlash;

  • savdo ko‘rsatkichlarini muntazam tahlil qilish;

  • menejerlar faoliyatini nazorat qilish, natijalarini baholash va rivojlantirish;

  • yirik va strategik mijozlar bilan shaxsan ishlash;

  • muzokaralar olib borish va muhim bitimlarni yakunlash;

  • CRM orqali savdo jarayonlarini boshqarish;

  • bozor va marketing ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;

  • savdo samaradorligini oshirish bo‘yicha yechimlar ishlab chiqish.

Biz kimni qidiryapmiz?

  • savdo sohasida kamida 5 yillik va boshqaruvda kamida 3 yillik tajribaga ega;

  • savdo jarayonlarini yaxshi tushunadigan;

  • jamoani boshqarish, motivatsiya qilish va rivojlantirishni biladigan;

  • kuchli muzokara olib bora oladigan;

  • raqamlar va savdo tahlili bilan ishlay oladigan;

  • CRM, Excel va PowerPoint bilan ishlash ko‘nikmasiga ega;

  • strategik va tizimli fikrlaydigan;

  • reja va natija uchun javobgarlikni olishga tayyor rahbar.

Rus tilini erkin bilish ustunlik beradi.

Nima uchun STONMAX?

Siz tayyor savdo tizimiga kelmaysiz — uning shakllanishida bevosita ishtirok etasiz.

Savdo tizimi professional savdo va marketing ekspertlari bilan birgalikda qurilmoqda. Siz ekspertlar bilan ishlash, yangi jarayonlarni amaliyotga joriy qilish va o‘z boshqaruvingiz ostida kuchli savdo jamoasini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Natija va kompaniya o‘sishi bilan kelajakda Tijorat bo‘linmasi rahbari darajasigacha o‘sish imkoniyati mavjud.

Ish sharoitlari:

  • Ish haqi: oklad + KPI + bonus;

  • yuqori savdo natijalari uchun qo‘shimcha mukofot;

  • sinov muddati: 1 oy;

  • ish grafigi: 6/1;

  • ish vaqti: 09:00–18:00;

  • lokatsiya: Qo‘qon shahri, Baqa chorsu

  • bevosita rahbar: Ijrochi direktor.

Agar siz savdo bo‘limini shunchaki nazorat qilish emas, uning natijasini boshqarish va kuchli tizim qurishda ishtirok etishni istasangiz — rezyumeingizni yuboring.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие