Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаCreative Startup Ecosystem Manager
Creative Startup Ecosystem Manager
Uzbekistan Creative Association O‘zbekistondagi kreativ va texnologik startaplarni aniqlash, rivojlantirish, investorlar bilan bog‘lash hamda kuchli startup ekotizimini shakllantirish uchun Creative Startup Ecosystem Manager izlamoqda.
Bizga shunchaki tadbir tashkil qiladigan yoki startaplar ro‘yxatini yuritadigan xodim emas, balki startapni topishdan boshlab, uni MVP va investitsiya bosqichigacha olib bora oladigan proaktiv mutaxassis kerak.
Asosiy vazifalar
• O‘zbekiston bo‘ylab GameDev, Animation, AI, CreativeTech va boshqa kreativ yo‘nalishlardagi startaplarni aniqlash va jalb qilish;
• Startup founderlar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish va loyihalarni dastlabki tahlildan o‘tkazish;
• Startaplarning rivojlanish bosqichi, jamoasi, mahsuloti, biznes modeli va bozor salohiyatini baholash;
• Creative Startup CRM bazasini yaratish va muntazam yuritish;
• Startup pipeline va haftalik monitoring tizimini shakllantirish;
• Har bir istiqbolli startup uchun individual development roadmap ishlab chiqish;
• Idea → MVP dasturini tashkil qilish va yuritish;
• MVP Builder Program doirasida startaplarning mahsulot yaratish jarayonini muvofiqlashtirish;
• Founderlarni mentorlar va soha ekspertlari bilan bog‘lash;
• Mentorlik sessiyalarini tashkil qilish va natijalarini monitoring qilish;
• Founder Communityni shakllantirish va rivojlantirish;
• Startaplarni Investor Ready bosqichiga tayyorlash;
• Startaplarga Pitch Deck, Business Model, Financial Model va Investment Memo tayyorlashda yordam berish;
• Startaplarni pitch qilishga tayyorlash va mock pitch sessiyalarini tashkil qilish;
• Mahalliy va xalqaro VC fondlar, angel investorlar, acceleratorlar va venture ecosystem vakillari bilan aloqalarni rivojlantirish;
• Investor va VC fondlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
• Startaplarni VC Review bosqichiga olib chiqish;
• Startaplarni xalqaro acceleratorlar, grantlar va funding dasturlariga topshirish;
• Dolzarb xalqaro grant, accelerator va investitsiya imkoniyatlarini muntazam monitoring qilish;
• Creative Accelerator Cohort dasturini tashkil qilish va boshqarish;
• Universitetlar, IT Park, coworking markazlari, startup hub’lar va kreativ hamjamiyatlar bilan hamkorlik o‘rnatish;
• Mahalliy va xalqaro mentorlar bazasini shakllantirish;
• Korporativ kompaniyalar bilan Open Innovation uchrashuvlarini tashkil qilish;
• Meetup, Workshop, Demo Day, Investor Day, Startup Showcase va Creative Startup Summit kabi tadbirlarni tashkil qilish;
• Startup ekotizimi bo‘yicha statistik va analitik ma’lumotlarni yig‘ish;
• Startup Analytics va O‘zbekiston Creative Startup Reportini tayyorlashda ishtirok etish;
• Founder Stories, intervyular, startup case’lari va ekotizimga oid kontentlarni tayyorlashda media jamoasi bilan hamkorlik qilish;
• Har hafta va har oy amalga oshirilgan ishlar, startup pipeline, investorlar va dasturlar bo‘yicha rahbariyatga aniq hisobot taqdim etish.
Nomzodga talablar
Majburiy talablar
• Startup, venture capital, accelerator, inkubator, biznes rivojlantirish, innovatsiyalar yoki texnologik ekotizim yo‘nalishida kamida 2–3 yillik amaliy tajriba;
• Startupning:
Idea → Validation → MVP → Product → Investment → Scale-up
bosqichlarini yaxshi tushunish;
• Startup loyihalarini tahlil qilish va istiqbolli loyihalarni ajrata olish;
• Product-market fit, target market, monetizatsiya va biznes model tushunchalarini yaxshi bilish;
• Pitch Deck qanday tuzilishini bilish va uni tahlil qila olish;
• Financial Model va startup unit economics asoslarini tushunish;
• Investment Memo va investor presentation bilan ishlashni tushunish;
• Founderlar bilan individual ishlash va ularga aniq feedback bera olish;
• Mentorlik va accelerator jarayonlarini tashkil qilish ko‘nikmasi;
• Investorlar va xalqaro hamkorlar bilan professional muzokara olib bora olish;
• Kuchli networking qobiliyati;
• Bir vaqtning o‘zida ko‘plab startup va hamkorlarni boshqarish qobiliyati;
• CRM va project management tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
• Analitik fikrlash va raqamlar bilan ishlash qobiliyati;
Vazifalarni mustaqil belgilash va natijagacha olib borish qobiliyati;
• Deadline va KPI asosida ishlash;
• Kuchli yozma va og‘zaki kommunikatsiya;
• O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish;
• Ingliz tilida xalqaro investorlar, mentorlar va hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkaza olish darajasi.
Afzallik beradi
Quyidagi tajribalardan biri yoki bir nechtasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi:
• VC fond yoki investment kompaniyada ishlagan bo‘lsa;
• Startup accelerator yoki incubatorda ishlagan bo‘lsa;
• Startup founder yoki co-founder sifatida tajribasi bo‘lsa;
• Startupga investitsiya jalb qilish jarayonida bevosita qatnashgan bo‘lsa;
• Startup scouting yoki investment analyst sifatida ishlagan bo‘lsa;
• GameDev, Animation, AI, CreativeTech, MediaTech yoki Digital Creative Industries yo‘nalishlarini tushunsa;
• Xalqaro accelerator va grant dasturlari bilan ishlagan bo‘lsa;
• Investorlar, mentorlar va startup founderlar orasida mavjud professional networkka ega bo‘lsa;
• Demo Day, Startup Competition, Hackathon yoki Accelerator tashkil qilgan bo‘lsa;
• Notion, Airtable, HubSpot, Monday, ClickUp yoki boshqa CRM/project management platformalaridan foydalangan bo‘lsa.
Biz qanday inson izlayapmiz?
Siz:
• yangi odamlar bilan tez aloqa o‘rnata oladigan;
• founderlar bilan gaplashishdan zavqlanadigan;
• o‘zi yangi startaplarni izlab topadigan;
• yangi investor yoki mentor bilan birinchi bo‘lib aloqa o‘rnatishdan qo‘rqmaydigan;
• “menga vazifa berishsin” deb kutib o‘tirmaydigan;
• muammoni ko‘rsa, uning yechimini ham taklif qiladigan;
• bir nechta loyiha va jarayonni parallel boshqara oladigan;
• raqamlar va real natija bilan ishlaydigan;
• yangi startup ekotizimini noldan qurishga tayyor inson bo‘lishingiz kerak.
Ushbu lavozimdagi asosiy natija
Biz uchun faoliyat emas, natija muhim.
Sizning ishingiz natijasida:
Startup topiladi
↓
Startup diagnostikadan o‘tadi
↓
Roadmap oladi
↓
Mentor bilan ishlaydi
↓
MVP yaratadi
↓
Pitch Deck va Financial Model tayyorlaydi
↓
Investor Ready bo‘ladi
↓
VC va investorlar bilan uchrashadi
↓
Investitsiya yoki xalqaro accelerator imkoniyatiga chiqadi.
Ya’ni sizning vazifangiz — O‘zbekistondagi istiqbolli kreativ startaplarni topish va ularni keyingi bosqichga olib chiqish.
Ariza topshirishda
CV bilan birga quyidagi savollarga qisqa javob yuboring:
1. Startup ekotizimida qanday tajribangiz bor?
2. Siz ishlagan yoki rivojlantirishga yordam bergan 2–3 ta loyiha/startapni ko‘rsating.
3. Startapni investor uchun tayyorlashda, sizningcha, eng muhim 3 ta narsa nima?
4. Mahalliy yoki xalqaro investorlar, mentorlar va startup community bilan ishlash tajribangiz bormi?
5. Nima uchun aynan Creative Startup Ecosystem yo‘nalishida ishlamoqchisiz?
📌 DIQQAT
Vakansiyani oxirigacha diqqat bilan o‘qiganingizni bilishimiz uchun, CV yoki cover letter’ingizning birinchi qatoriga:
“IDEA → MVP”
deb yozing.
Ushbu ibora ko‘rsatilmagan arizalar keyingi bosqichga o‘tkazilmasligi mumkin.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие