🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Установщик - Tarmoq administratori / Network Administrator/ System Administrator

DEEP SPACE
Самарканд
На месте работодателя, Разъездной
Опубликовано: 07 Sep 2026
6 000 000 — 10 000 000 so'm

Tarmoq administratori

Kompaniya: Deep Space
Maosh: 6.000.000 – 10.000.000 so'm
Ish tajribasi: 1 yildan 3 yilgacha (Middle darajasi)
Hudud: Toshkent shahri
Talab: SHAXSIY AVTOMASHINA BO'LISHI SHART

Kompaniya haqida:

Deep Space — umumiy ovqatlanish sohasini (restoran, kafe va oshxonalar) avtomatlashtirish bo‘yicha IT kompaniya. Jamoamizga kuchli texnik bilimga ega, mas'uliyatli tarmoq administratorini taklif etamiz.

Majburiyatlar (Обязанности):

  • Restoran va kafelarda tarmoq infratuzilmasini loyihalash va uskunalarni (monoblok, printer, router, switch) o‘rnatish;

  • Lokal tarmoqlarni (LAN) noldan qurish, montaj ishlarini qilish;

  • Bizning dasturiy ta'minotni monobloklarga o‘rnatish, ma’lumotlar bazasi va fiskal modullar bilan integratsiya qilish;

  • Korporativ tarmoq xavfsizligini ta’minlash (VPN, Firewall, VLAN);

  • Restoran egalari va xodimlariga tizimdan foydalanish bo‘yicha texnik treninglar o‘tkazish.

Texnik talablar (Technical Requirements):

  • Networking: TCP/IP (IPv4/IPv6), DHCP, DNS, NAT va murakkab subnetting bo‘yicha chuqur bilim;

  • Routing & Switching: VLAN, STP, LACP, OSPF protokollari bilan ishlash tajribasi;

  • Uskunalar: Mikrotik (RouterOS), Cisco qurilmalarini professional darajada konfiguratsiya qilish;

  • Xavfsizlik: VPN tunnellarini (WireGuard, IPsec, L2TP) qurish va Firewall qoidalarini (ACL) boshqarish;

  • Monitoring: Zabbix, Nagios kabi monitoring tizimlari bilan ishlash ko'nikmasi;

  • OS: Windows Server (AD, DNS, DHCP) va Linux (Ubuntu/Debian) tizimlarida tarmoq servislarini sozlash;

  • Periferiya: Chek printerlari, 2D skanerlar va fiskal ma’lumotlar operatori (OFD) qurilmalarini integratsiya qilish.

Umumiy talablar:

  • Tarmoq administratorligi sohasida kamida 1-3 yillik real ish tajribasi;

  • Mas’uliyat, muammolarni mustaqil hal qilish (troubleshooting) va mijozlar bilan xushmuomala bo‘lish.

Shart-sharoitlar (Условия):

  • Raqobatbardosh maosh: 6.000.000 – 10.000.000 so'm gacha (suhbat natijasiga ko‘ra);

  • Professional rivojlanish: Murakkab IT loyihalarda ishtirok etish va tajriba almashish muhiti.

Nomzodlar uchun savollar:

Rezyumeingizga ilova tarzida quyidagi savollarga javob bering:

1. Shaxsiy avtomashinangiz bormi?
2. Qaysi turdagi router va switchlar (brandlar) bilan ko'p ishlagansiz?

3. VLAN va VPN qurish bo'yicha real keyslaringiz bormi?

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие