🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Sotuv menejeri / Менеджер по продажам

ROBOSELL
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 13 Sep 2026
5 000 000 — 15 000 000 so'm

Sotuv menejeri / Менеджер по продажам

8,000,000-15,000,000 so’m gacha

Robohub — Markaziy Osiyoning eng yaxshi 5 ta startapi qatoriga kiruvchi va O'zbekistonda eng tez rivojlanayotgan startaplardan.

Hozirda biz Qozog'iston, Qirg'iziston kabi Markaziy Osiyo mamlakatlariga faol kengaymoqdamiz — shu sababli jamoamizni mustahkamlash uchun professional, natijaga yo'naltirilgan sotuv agentlarini qidiryapmiz.

Robohub — O'zbekistondagi marketpleys sotuvchilari uchun yagona boshqaruv platformasi (Uzum, Wildberries, Ozon, Yandex Market bilan integratsiya).

Vazifalar:

  • Kiruvchi va chiquvchi lidlar bilan ishlash (qo'ng'iroq va yozishmalar orqali)

  • Target reklama orqali kelgan mijozlarga sotuv

  • Mavjud mijozlar bazasi bilan ishlash

  • Mustaqil qidiruv orqali yangi mijozlarni topish va ular bilan aloqa o'rnatish

  • Mijozlarga Robohub platformasi imkoniyatlarini tushuntirish va taklif qilish

  • CRM tizimida (amoCRM) mijozlar bilan ishlash jarayonini yuritish

Talablar:

  • Sotuv sohasida tajriba - ustunlik, lekin tajribasi kam bo'lganlar ham murojaat qilishi mumkin

  • Kommunikabellik, ishonchli va aniq gapira olish

  • O'rganishga va rivojlanishga tayyorlik

  • Natijaga yo'naltirilganlik va mas'uliyatlilik

Sizdan nimalarni kutamiz:

  • Intizomlilik va vaqtga rioya qilish

  • Barcha topshiriqlar va vazifalarni o'z vaqtida, to'liq bajarish

  • CRM tizimida (amoCRM) barcha mijozlar va jarayonlarni doimiy va aniq yuritib borish

  • Jamoada samarali ishlash va hamkasblar bilan yaxshi muloqot

  • Mas'uliyat va o'z ishiga jiddiy yondashuv

Biz taklif qilamiz:

  • Oklad: 5 000 000 so'm + sotuvdan % (komissiya)

  • O'rtacha umumiy daromad (oklad + komissiya): 8 000 000 – 10 000 000+ so'm (natijaga qarab)

  • Eng yaxshi natija ko'rsatgan xodimlar uchun oylik qo'shimcha bonuslar

  • Rasmiy ish joyi (mehnat daftarchasi bilan)

  • Zamonaviy, toza va qulay ofis — Minor masjidi va Malika bozori yonida

  • Do'stona, yosh va yuqori maqsadli (ambitious) jamoa — haqiqiy startap muhiti

  • Doimiy professional va shaxsiy rivojlanish, treninglar

  • Tushlik ofis hisobidan taminlanadi

  • Ish vaqti: 9:30 – 18:30 (Dushanba – Shanba)

Agar siz sotuvni yaxshi ko'rsangiz, intizomli va mas'uliyatli bo'lsangiz, o'rganishga tayyor bo'lsangiz va tez rivojlanayotgan jamoada ishlashni istasangiz — sizni jamoamizda ko'rishdan mamnun bo'lamiz!

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие