🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Savdo bo‘limi rahbari | distributsiya

TYRE ZONE
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 14 Sep 2026

BIZ IZLAYOTGAN NOMZOD:

  • Distribyutsiya sohasida kamida 6 yil tajribaga ega;
  • Savdo yo‘nalishida rahbarlik lavozimida ishlagan;
  • Avtomobil ehtiyot qismlari, shinalar yoki avtomobil industriyasida chuqur amaliy tajribaga ega bo'lsa ustunlik;
  • Distribyutsion savdoni 0 dan yo‘lga qo‘ygan va rivojlantirgan;
  • Savdo jamoasini noldan shakllantirish, boshqarish va kuchli natijaga olib chiqish tajribasiga ega;
  • B2B savdo, dilerlar va korporativ mijozlar bilan ishlashni yaxshi biladi;
  • Hududiy savdo tarmog‘ini rivojlantirish tajribasiga ega;
  • Savdo strategiyasini ishlab chiqish, rejalashtirish va KPI orqali boshqarishni biladi;
  • Raqamlar bilan ishlaydi, bozorni tahlil qiladi va natijani talab qila oladi;
  • Muammoni bahona qilmaydi — yechim yaratadi.

NIMALAR UCHUN JAVOB BERASIZ?

  • Savdo strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Savdo bo‘limini shakllantirish va rivojlantirish;
  • Savdo rejasini bajarish va doimiy o‘sishni ta’minlash;
  • Yangi mijozlar, dilerlar va hamkorlar tarmog‘ini kengaytirish;
  • Hududlar bo‘yicha savdoni rivojlantirish;
  • Savdo voronkasi, KPI va hisobot tizimini joriy qilish;
  • Jamoaning samaradorligini oshirish;
  • Bozor va raqobatchilarni tahlil qilish;
  • Savdo jarayonlarini avtomatlashtirish va tizimlashtirish;
  • Kompaniyaning distribyutsion savdosini barqaror va masshtablanadigan tizimga aylantirish.


AGAR SIZ:

6+ yil distribyutsiyada ishlagan bo‘lsangiz,
avtomobil ehtiyot qismlari bozorini yaxshi bilsangiz,
savdoni 0 dan qura olsangiz,
jamoa shakllantirib, tizim yaratib, katta natija ko‘rsata olsangiz —

biz aynan SIZ bilan tanishishni xohlaymiz.

Rezyumeni yuboring.

Iltimos, faqat vakansiya talablariga to‘liq mos keladigan nomzodlar murojaat qilsin.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие