Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаBuxgalteriya savdo menejeri/Mijozlarga xizmat ko'rsatish menejeri
Mijozlar bilan ishlash menejeri
Buxgalteriya autsorsing xizmatlari
Bizneslarga professional buxgalteriya xizmatlarini autsorsing asosida ko‘rsatuvchi kompaniyamiz jamoasiga kuchli B2B Sales Manager izlamoqda.
Bizga shunchaki qo‘ng‘iroq qiladigan operator emas, balki mijoz ehtiyojini tushuna oladigan, muzokara olib boradigan va sotuvni shartnomagacha yetkazadigan natijaga yo‘naltirilgan menejer kerak.
Asosiy vazifalar:
-
Yangi B2B mijozlarni faol jalb qilish;
-
Kiruvchi lidlar va potensial mijozlar bilan professional ishlash;
-
Telefon, messenjer va uchrashuvlar orqali muzokaralar olib borish;
-
Mijoz biznesini, muammolarini va ehtiyojlarini aniqlash;
-
Buxgalteriya autsorsing xizmatlarining qiymatini mijozga to‘g‘ri yetkazish;
-
Mijozning e’tirozlari bilan professional ishlash;
-
Tijorat takliflarini tayyorlash va taqdim etish;
-
Qaror qabul qiluvchi shaxslar — biznes egalari, direktorlar va rahbarlar bilan muzokara olib borish;
-
Lidni birinchi kontaktdan shartnoma imzolashgacha olib borish;
-
Amaldagi mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish;
-
CRM tizimida barcha muzokaralar va sotuv bosqichlarini yuritish;
-
Shaxsiy sotuv rejasi va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
Biz kimni qidiryapmiz:
-
B2B sotuv sohasida kamida 2 yillik muvaffaqiyatli tajriba;
-
Yuqori chekli xizmatlarni sotish tajribasi ustunlik beradi;
-
O‘zbek va rus tillarida erkin muzokara olib bora olish;
-
Telefon orqali ham, yuzma-yuz uchrashuvda ham kuchli sotuv qobiliyati;
-
Biznes egalari va kompaniya rahbarlari bilan professional muloqot qila olish;
-
Sotuv voronkasi (Sales Funnel) va uning bosqichlarini tushunish;
-
Lead → Qualification → Presentation → Negotiation → Closing jarayonini mustaqil boshqara olish;
-
E’tirozlar bilan ishlash va muzokarani yopish (closing) ko‘nikmasi;
-
CRM tizimlarida ishlash tajribasi;
-
KPI va aniq raqamlar asosida ishlashga tayyorlik;
-
O‘z natijalarini tahlil qila olish;
-
Savodli yozma va og‘zaki nutq;
-
Tashabbuskorlik, intizom va yuqori mas’uliyat;
-
Natijaga va yuqori daromadga kuchli motivatsiya.
Qo‘shimcha ustunlik beradi:
-
Buxgalteriya autsorsingi, konsalting, audit, yuridik yoki moliyaviy xizmatlarni sotish tajribasi;
-
Korporativ mijozlar bilan ishlaganlik;
-
Sovuq qo‘ng‘iroqlar orqali yangi mijozlarni jalb qilish tajribasi;
-
Katta shartnomalarni yopish tajribasi;
-
O‘zining shakllangan B2B mijozlar bazasi yoki networking tajribasi;
-
Buxgalteriya, soliqlar va tadbirkorlik jarayonlari haqida umumiy tushuncha.
Nomzoddan qanday natija kutamiz?
Sizning asosiy ko‘rsatkichingiz — shunchaki qo‘ng‘iroqlar soni emas, kompaniyaga olib kirilgan yangi mijozlar va savdo hajmi.
Biz mustaqil ishlay oladigan, mijozga xizmatni shunchaki “sotishga” emas, uning biznesidagi muammoni aniqlab, to‘g‘ri yechim taklif qilishga qodir menejer izlaymiz.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие