🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Tashqi reklama dizayneri (CorelDRAW)

ЧП «ZAMIN TECHNO LUX»
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 25 Sep 2026
От 4 000 000 so'm

Sampechat Toshkentda tashqi reklama va keng formatli bosma ishlab chiqaradi: banner, orakal, plyonka, tabličkalar. Dilerlar va to'g'ridan-to'g'ri mijozlar bilan ishlaymiz. Maketni qayta ishlashsiz bosmaga yetkaza oladigan dizaynerni jamoamizga taklif qilamiz.

Vazifalar:

  • maketlarni bosmaga tayyorlash: banner, orakal, o'z-o'zidan yopishqoq plyonka, perfoplyonka, tabličkalar;
  • mijoz fayllarini tekshirish: o'lcham, vylet, sifat (razreshenie), rang, shriftlarni egri chiziqqa o'tkazish;
  • maketni bosma holatiga keltirish (CDR / TIFF) va sexga topshirish;
  • oddiy dizaynni noldan chizish: vyveska, banner, varaqa;
  • maketni menejer va mijoz bilan kelishish.

Buyurtmalar CRM tizimimiz orqali keladi. Har birida TZ, o'lchamlar va fayllar bor. Ma'lumotni chatlardan qidirish shart emas: navbatdan vazifani olasiz va tayyor faylni topshirasiz.

Talablar:

  • keng formatli bosma yoki tashqi reklama maketlarini tayyorlashda 1 yildan ortiq tajriba;
  • CorelDRAW'ni yaxshi bilish, Photoshop'ni ish darajasida bilish;
  • vylet, katta format uchun sifat, CMYK va RGB farqini tushunish;
  • aniqlik va mas'uliyat: maketdagi xato butun rulonni buzadi;
  • bosma ishlaridan iborat portfolio (majburiy).

Afzallik: Illustrator, plotter bilan kesish tajribasi, o'zbek va rus tillarini bilish.

Biz taklif qilamiz:

  • 4 000 000 so'mdan maosh, aniq summa suhbatdan keyin belgilanadi;
  • KPI bo'yicha bonus: bajarilgan buyurtmalar soni va maketlar sifatiga qarab. Qancha ko'p va xatosiz ishlasangiz, shuncha ko'p olasiz;
  • maosh oyiga 2 marta to'lanadi;
  • sexda tushlik bilan ta'minlanadi;
  • zamonaviy kompyuter va shinam ofis;
  • kichik va do'stona jamoa;
  • ofis va sex bir joyda: Toshkent shahri, Uchtepa tumani.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие