🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Директор филиала

Aynimo
Карши
На месте работодателя
Опубликовано: 25 Sep 2026
7 000 000 — 18 000 000 so'm

AYNIMO kompaniyasi
Lavozim: Do'kon menejeri (Fashion Retail)

Biz — kiyim va poyabzal yo'nalishida faoliyat yurituvchi rivojlanayotgan fashion retail kompaniyamiz. Tarmog'imizni kengaytirish jarayonida jamoamizga tajribali va natijaga yo'naltirilgan Do'kon menejerini taklif qilamiz.

Mas'uliyatlar:

  • Do'kon faoliyatini kundalik operativ boshqarish va sotuv rejasi bajarilishi uchun javobgarlik
  • Jamoani (administrator, merchandayzer, sotuvchi-konsultantlar, kassir, ombor xodimlari) boshqarish, vazifalarni taqsimlash va nazorat qilish
  • Xodimlarni jalb qilish, o'rgatish va motivatsiya qilish, smenalarni rejalashtirish
  • Tovarlarni joylashtirish (merchandayzing) standartlariga rioya etilishini nazorat qilish
  • Mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yuqori darajada ushlab turish
  • Zaxira darajasi, tovar aylanmasi va inventarizatsiya jarayonlarini kuzatish
  • Bosh ofis (Regional menejer, Planning va Marketing bo'limlari) bilan aksiya, taqsimot va transfer masalalarida muvofiqlashtirilgan holda ishlash
  • Kunlik/oylik hisobotlarni tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish

Talablar:

  • Chakana savdo (afzalroq — fashion/kiyim-poyabzal) sohasida kamida 1–3 yillik boshqaruv tajribasi
  • Jamoa bilan ishlash va yetakchilik ko'nikmalari
  • Sotuvga yo'naltirilganlik, natija uchun javobgarlik
  • 1C yoki boshqa savdo/kassa dasturlari bilan ishlash ko'nikmasi (afzallik)
  • Yaxshi muloqot qobiliyati va mijozlarga yo'naltirilgan yondashuv
  • Smenali grafik va dam olish kunlarida ishlashga tayyorlik
  • Intizomlilik va tashkilotchilik qobiliyati

Biz taklif qilamiz:

  • Rasmiy ish (mehnat shartnomasi bo'yicha rasmiylashtirish)
  • Oylik maosh + natijaga qarab 10–15% qo'shimcha ustama
  • Qo'shimcha KPI bonuslari
  • Har oy barcha tovarlarga 10% xodimlar chegirmasi
  • Kompaniya hisobidan issiq tushlik
  • Tug'ilgan kun va nikoh to'yi uchun mukofot puli
  • Farzandli bo'lganda suyunchi puli
  • Yangi yil va Hayit bayramlarida pul mukofotlari
  • Kasbiy va martaba o'sishi imkoniyati (tarmoq kengayishi bilan Regional menejer darajasiga o'sish istiqboli)
🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие