🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Texnik ofis muhandisi

BIR INSHAAT
Фергана
На месте работодателя
Опубликовано: 24 Sep 2026

Texnik ofis muhandisi — Farg‘ona 800 o‘rinli shifoxona loyihasi

Majburiyatlar:

​​​​​​Ishchi loyihalarga muvofiq hajm hisoblarini va smeta hujjatlarini tayyorlash, bajarilgan ishlar hajmini nazorat qilish
Subpudratchilar va buyurtmachi bilan hisob-kitoblar bo‘yicha bajarilgan ishlar dalolatnomalarini (hakediş) tayyorlash, nazorat qilish va hujjatlashtirish
As-built (bajarilgan ishlar bo‘yicha) hujjatlarni tartibga solish va topshirish hujjatlarini tayyorlash
Ish jadvalini nazorat qilish, taraqqiyot hisobotlari hamda haftalik/oylik hisobotlarni tayyorlash
Loyiha reviziyalarini kuzatib borish, qurilish maydoni jamoalari bilan texnik muvofiqlashtirishni amalga oshirish
Mahalliy me’yor va texnik shartlarga (ShNK/QMQ) muvofiqlikni nazorat qilish, ekspertiza va davlat organlari bilan rasmiy yozishmalarga ko‘maklashish
Materiallarga bo‘lgan ehtiyoj ro‘yxatlarini tayyorlash, xarid bo‘limi bilan texnik muvofiqlashtirishni amalga oshirish

Talablar:

Qurilish muhandisligi bo‘yicha oliy ma’lumot
Qurilish maydonining texnik ofisida kamida 3 yil ish tajribasi (hajm hisoblari, hakediş, as-built)
Shifoxona yoki yirik davlat/sog‘liqni saqlash loyihalarida tajriba — afzallik
AutoCAD va Excel dasturlarini yuqori darajada bilish; MS Project yoki Primavera P6 bo‘yicha bilim — afzallik
O‘zbek va rus tillarini ravon bilish; ingliz yoki turk tillarini bilish — afzallik
Farg‘onada doimiy ishlash imkoniyati, natijaga yo‘naltirilganlik va jamoada ishlash ko‘nikmasi
Ish joyi: Farg‘ona (qurilish maydoni)

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие