🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Контент-маркетолог

ГУ XALQARO TURIZM AKADEMIYASI SAMARQAND KAMPUSI
Самарканд
На месте работодателя
Опубликовано: 28 Sep 2026
8 000 000 — 15 000 000 so'm

Marketing va PR yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis

Asosiy vazifalar: Akademiyaning marketing, PR va jamoatchilik bilan aloqalar faoliyatida ishtirok etish;

rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar uchun yangiliklar, e’lonlar, press-relizlar va boshqa axborot materiallarini tayyorlash;

Akademiya brendi, ta’lim xizmatlari va kurslarini targ‘ib qilish;

ijtimoiy tarmoqlar uchun qisqa videoroliklar, intervyular, reels va boshqa video kontentlarni suratga olish, tayyorlash hamda montaj qilish;

Akademiyada o‘tkaziladigan tadbirlar, seminarlar, konferensiyalar, uchrashuvlar va boshqa jarayonlardan foto va videomateriallar tayyorlash;

videoroliklar uchun ssenariy, matn va kontent g‘oyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

maqsadli auditoriya, ta’lim oluvchilar fikri, bozor ehtiyojlari va raqobat muhitini o‘rganish;

seminar, konferensiya, ochiq eshiklar kuni, qabul jarayonlari va boshqa tadbirlarni axborot maydonlarida yoritishda ishtirok etish;

bosma va elektron targ‘ibot materiallarini tayyorlashda ishtirok etish;

marketing va PR faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlar, hisobotlar va tahliliy xulosalar tayyorlash; * Akademiyaning rasmiy axborot materiallarida yagona uslub va sifat talablariga rioya etilishiga ko‘maklashish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

oliy ma’lumot; marketing, PR, jurnalistika, filologiya, menejment, turizm yoki tegishli yo‘nalishda bilim va amaliy ko‘nikma;

ijtimoiy tarmoqlar, veb-sayt va boshqa axborot platformalari bilan ishlash ko‘nikmasi;

axborot va reklama matnlarini savodli tayyorlay olish;

foto va videokontent tayyorlash, videoroliklarni suratga olish va montaj qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lish;

zamonaviy video va grafik tahrirlash dasturlaridan foydalana olish; * kreativ kontent g‘oyalarini ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish;

mas’uliyatli, xushmuomala, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish;

jamoada ishlash va xizmat vazifalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish ko‘nikmasi.

Biz izlayotgan nomzod:

Marketing va PR sohasiga qiziqadigan, kreativ fikrlaydigan, sifatli foto va videokontent yarata oladigan, axborotni zamonaviy va jozibador shaklda yetkaza oladigan hamda Akademiyaning ijobiy imijini rivojlantirishga hissa qo‘sha oladigan mutaxassis.

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие