🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Biznesni rivojlantirish va dilerlik korxonalarini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i

UzAuto Motors
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 30 Sep 2026
10 000 000 — 15 000 000 so'm
Обязанности:

• UzAuto Motors dilerlik tarmog‘ida marketingni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish.
• Dilerlarning marketing faoliyati uchun yagona standartni ta’minlash.
• Marketing budjetlaridan samarali foydalanishni ta’minlash.
• Dilerlik markazlari orqali mijozlar oqimi, murojaatlar va savdolarni oshirish.
• Dilerlik marketingini rivojlantirish strategiyasi va yillik rejasini ishlab chiqish.
• Dilerlik tarmog‘ining marketing faoliyatida yagona yondashuvni shakllantirish.
• Dilerlar uchun mahalliy marketing standartlarini belgilash.
• Marketing faoliyati va resurslarini dilerlar hamda hududlar o‘rtasida taqsimlash tamoyillarini ishlab chiqish.
• Dilerlik marketingini Kompaniya va brendning umumiy marketing strategiyasi bilan muvofiqlashtirish.
• Mahalliy reklama, digital, OOH, tadbirlar va boshqa kanallarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish.
• Dilerlar uchun namunaviy marketing yechimlari va tayyor vositalarni ishlab chiqish.
• Dilerlarning marketing standartlariga rioya etishini nazorat qilish.
• Mahalliy marketing kampaniyalari samaradorligini nazorat qilish.
• Marketing lidlarining dilerlar tomonidan sifatli qayta ishlanishini nazorat qilish.

Требования:

• Oliy ma’lumotli (menejment, marketing, sotuv yoki iqtisodiyot yo‘nalishlari), soha bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega davlat tilini mukammal, xorijiy (ingliz va rus) tillarni ravon darajada biladigan va yoza oladigan shaxs;
• Dilerlik, trade yoki regional marketing sohasida 5+ yillik tajriba;
• Automotive, FMCG, telecom, banking, retail yoki rivojlangan hamkorlik/dilerlik tarmog‘iga ega boshqa sohalarda tajriba ma’qul;
• Hamkorlar yoki dilerlar tarmog‘i orqali marketingni boshqarish tajribasi;
• Marketing budjetlarini boshqarish tajribasi;
• CRM va lead management bilan ishlash tajribasi;
• Savdo voronkasi va samaradorlik ko‘rsatkichlarini tushunish;
• Agentliklar va pudratchilarni boshqarish tajribasi;
• Samarali muzokaralar olib borish qobiliyati;
• Hamkorlar va dilerlar bilan samarali munosabatlar o‘rnatish tajribasi;
• Bir vaqtning o‘zida ko‘plab hududlar va hamkorlar bilan ishlay olish;
• Kuchli tahliliy va boshqaruv ko‘nikmalari;
• Dilerlik markazida shakllangan marketing funksiyasiga rahbarlik qilish tajribasi qo‘shimcha talab sifatida qaraladi.

Условия:
  • Kasbiy o‘sish imkoniyatlari;
  • Ijtimoiy paket;
  • Mehnat ta’tili;
  • Maxsus uniforma;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan ta’minlash;
  • Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
  • Ish joyi: Toshkent shahri, Mirobod tumani.
🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие