🔥

Не упустите лучшие вакансии!

Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!

Подключить бота

Ta'lim bo'yicha sotuv menejeri (Chet elda o'qish)

GSC AGENCY
Ташкент
На месте работодателя
Опубликовано: 02 Oct 2026
7 000 000 — 25 000 000 so'm

GSC Agency — Yevropa va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlarida ta'lim olish, grantlar va viza ko'magini taqdim etuvchi xalqaro ta'lim konsalting kompaniyasi.

Biz jamoamizga shunchaki muloqot qiladigan emas, balki natija qila oladigan va yuqori daromad olishga intiluvchan Sotuv menejerini taklif etamiz!

Sizning vazifalaringiz:

  • Kiruvchi va chiquvchi so'rovlar (issiq lidlar) bilan ishlash;

  • Talabalar va ularning ota-onalariga xorijda ta'lim olish xizmatlarini taqdim etish va sotish;

  • Mijozni birinchi muloqotdan to shartnoma tuzish va to'lov qilgunigacha professional olib borish;

  • AmoCRM tizimida bitimlarni tartibli yuritish;

  • Shaxsiy savdo rejasini muntazam bajarish.

Biz qanday nomzodni qidiryapmiz?

  • Savdo sohasida kamida 6 oy tajribaga ega bo'lgan (ta'lim konsaltingidagi tajriba katta plus);

  • Muloqotda ishonchli, ravon va mijozlarni ishontirish qobiliyatiga ega;

  • E'tirozlar va qiyin mijozlar bilan ishlashdan qo'rqmaydigan;

  • AmoCRM tizimida ishlash ko'nikmasiga ega;

  • O'zbek tilida mukammal va erkin so'zlasha oladigan;

  • Rus tili va Ingliz tilini bilish — katta ustunlik beradi;

  • Intizomli, mas'uliyatli va natijaga yo'naltirilgan.

Sizga nima taklif etamiz?

  • Yuqori va cheklovlarsiz daromad: 5 000 000 so'm fiksatsiyalangan oylik + KPI + bonuslar (O'rtacha daromad 7 000 000 – 25 000 000+ so'm);

  • Tayyor billing va issiq mijozlar bazasi (sovuq qo'ng'iroqlar yo'q);

  • Mahsulot, sotuv texnikalari va skriptlar bo'yicha professional treninglar hamda qimmatli onlayn darsliklar;

  • Karyera o'sishi: Katta menejer yoki Savdo bo'limi rahbari darajasigacha ko'tarilish imkoniyati;

  • Ish grafigi: 6/1;

  • Qulay ofis: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 60B.

Agar siz shunchaki oylik uchun o'tirishni emas, balki o'z mehnatingizga yarasha haqiqatda yuqori daromad topishni xohlasangiz — arizangizni (rezyume) qoldiring!

🚀

Ваше резюме увидят первым!

Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!

Подключить автоподнятие