Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаСпециалист по продажам | Sotuv menejeri
Sizning asosiy vazifalaringiz:
• Akademiyamizga tashrif buyurgan mehmonlarni ochiq yuz bilan kutib olish va ehtiyojlarini aniqlash;
• Arab tili kurslari bo‘yicha to‘g‘ri va professional konsultatsiya berish;
• Qiziqqan mijozlarni demo-darslarga ro‘yxatga olish va ularning darsga kelishini ta’minlash;
• Demo-darsdan so‘ng mijozning taassurotlarini o‘rganib, to‘lov bosqichiga olib chiqish va kassaga yo‘naltirish;
• Har bir murojaatni CRM tizimida tartibli yuritish, qayta aloqalarni o‘z vaqtida amalga oshirish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• O‘zbek tilida ravon, savodli va muloyim so‘zlasha olish;
• Sotuv yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida kamida 6 oylik tajriba;
• CRM tizimlarida (kamida 6 oy) va MS Excel dasturida erkin ishlay olish;
• To‘liq stavka va belgilangan grafik asosida ishlashga tayyorlik;
• Yuqori muomala madaniyati va tartibli tashqi ko‘rinish.
Afzallik beriladi:
• O‘quv markazlari yoki til maktablarida sotuv tajribasi;
• Yuzma-yuz (offline) sotuv ko‘nikmasi;
• Arab tilini boshlang‘ich darajada bilish yoki qiziqish;
• Sotuv bo‘yicha trening/kurslarda qatnashganlik;
• Akademiya joylashgan hududga yaqin yashash.
Biz nima taklif qilamiz?
• Barqaror oylik maosh + sotuv konversiyasidan yuqori KPI bonuslari;
• Qadriyatlarga ega, intizomli va o‘zaro hurmatga asoslangan kuchli jamoa;
• Qulay, zamonaviy sharoitga ega ofis;
• 09:00-18:00, 6/1
• Taflik qilinayotgan oylik maosh 4 000 000 - 10 000 000 KPI bonuslar
• 30-50 % chegirmalar arab tili kurslari uchun;
• Professional va shaxsiy rivojlanish imkoniyati.
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие