Не упустите лучшие вакансии!
Подключите наш Telegram-бот и получайте мгновенные уведомления о новых предложениях из 10+ источников. Будьте первым, кто откликнется!
Подключить ботаSotuv menejeri
Agar siz kelib tushgan sovuq va issiq lidlar bilan faol ishlashni, mijoz ehtiyojini aniqlashni va har bir lidni sotuvga aylantirish uchun natijagacha olib borishni bilsangiz — sizni jamoamizda kutamiz!
Asosiy vazifalari:
-
Sovuq va issiq lidlar bilan faol ishlash;
-
Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va unga mos kursni taklif qilish;
-
Mijozlarning savollari va e’tirozlari bilan professional ishlash;
-
Muzokaralarni olib borish va sotuvni yakuniga yetkazish;
-
CRM tizimida lidlar bilan ishlash va ma’lumotlarni muntazam yangilab borish;
-
Belgilangan sotuv rejasini bajarish;
Talablar:
-
Sotuv sohasida kamida 6 oylik tajriba;
-
Ta’lim yoki kurslar sohasida sotuv tajribasiga ega bo‘lish — qo‘shimcha ustunlik;
-
O‘zbek tilida ravon muloqot qila olish;
-
O‘zbek tilidan tashqari boshqa tilni bilish — ustunlik beradi;
-
Kompyuterda erkin ishlash ko‘nikmasi;
-
CRM, Word va Excel dasturlaridan foydalana olish;
-
Sovuq va issiq lidlar bilan ishlash tajribasi;
-
Muzokara olib borish va e’tirozlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
-
6/1, 10:00–18:00 ish grafigida ishlay olish.
Biz sizga taklif qilamiz:
- Daromad: 3 000 000 – 25 000 000 so‘m (oklad + KPI)
-
Natijaga qarab daromadni oshirish imkoniyati;
-
Karyera va professional rivojlanish imkoniyati;
-
MFaktor kurslarida bepul o‘qish;
-
Kompaniya hisobidan bepul tushlik;
-
Kuchli va professional jamoada ishlash;
-
Taniqli spikerlar va tadbirkorlar bilan muloqot qilish imkoniyati;
-
Yirik biznes tadbirlarini tashkil etishda ishtirok etish;
-
Yangi tanishuvlar va professional networking;
-
Sotuv va biznes bo‘yicha doimiy rivojlanish va amaliy bilimlar.
Agar siz natijaga yo‘naltirilgan, faol va mijoz bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan sotuvchi bo‘lsangiz — rezyumengizni yuboring va MFaktor jamoasiga qo‘shiling🚀
Ваше резюме увидят первым!
Автоматическое поднятие на HeadHunter каждые 4 часа. Увеличьте свои шансы на успех в 10 раз!
Подключить автоподнятие